So’nggi yangiliklar

09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  0 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  0 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  0 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  2 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  2 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  32 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  11 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16

"Navbahor": Aleksandar Leposavich safga qo'shiladi Yangiliklar

"Navbahor": Aleksandar Leposavich safga qo'shiladi

Kecha jamoamizning selekciya borasidagi ishlarini davom etayotganligi haqida xabar berib o'tgandik.
CHiziqlarni kuchaytirish va tarkibdagi raqobatni kuchaytirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan muzokaralar davom etayotganligi ham malum qilingandi. Jamoaga mahoratli hujumchini jalb etish niyatida serbiyalik futbolchi Aleksandar Leposavich bilan muzokaralarga kirishilgandi. 1987 yilning 3 noyabrida Serbiyaning Ivanica shahrida tug'ilgan Leposavich “Navbahor”ning 19 yanvarda Toshkentda boshlanadigan yig'inida ishtirok etadi. Hujumchi faoliyatini Ivanicaning “Yavor” klubida boshlaganligini aytib o'tish joiz. 2014 yilgi mavsum birinchi yarmida Serbiyaning “Edinstvo” klubida to'p tepgan hujumchi mavsum ikkinchi qismini CHernogoriyaning “Petrovach” klubida o'tkazdi. Bundan tashqari Leposavich “Sumadiya”, “Sloga Petrovach” va “Sloga Pozega” jamoalari safida to'p tepgan. Aleksandar Serbiya va CHernogoriya chempionatlarida 124 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 21 ta gol urgan. Agarda xorijlik hujumchi Toshkentda o'tadigan yig'in davomida o'zidan yaxshi taassurot qoldirsa navbatdagi mavsumni “Navbahor”da o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladi. Leposavich ishtirok etgan o'yinlar va urgan gollarini ko'rishni istasangiz quyidagi manzilga http://m.youtube.com/watch?v=UMeZyIyzpBI o'tib hujumchining harakatlariga guvoh bo'lishingiz mumkin.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика