So’nggi yangiliklar

20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  0 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  1 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  4 18:49Мбаппе жароҳат олди  6 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  3 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  6 17:24"Арсенал"га қарши баҳсдан сўнг Эмери нега Артетанинг қўлини сиқиб қўймади?  6 17:18Роберто Карлос юрагидаги муаммолар сабаб операция қилинди  1 16:24Бразилия клубига 3 та трансфер ойнасига тақиқ қўйилди  0 15:40FIFA The Best мукофоти тугатилмоқда: 2026 йилдан янги давр бошланади  11 15:08Лука Модрич: "Месси ёки Роналду" саволи менга ёқмайди"  3 14:27"Вулвс" АПЛнинг 17 ўйинида 1 та гол урган ҳужумчи учун 40 млн фунт сўраяпти  1 13:53МЮ 85 млн. еврога сотиб олган ҳужумчи кетма-кет 8 та ўйиндан бери гол урмаяпти  8 12:54Роналду 2009 йилдан бери илк бор тақвим йилида бирорта ҳам хет-трик қайд этмади  7

"Navbahor" - "Al Ittihod". O'yin atrofidagi voqeliklar yoxud kichkina Jahongirning katta sarguzashtlari (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

"Navbahor" - "Al Ittihod". O'yin atrofidagi voqeliklar yoxud kichkina Jahongirning katta sarguzashtlari (Bekzod Tolibov blogi)

Teglar :  NavbahorAl Ittihod
Kecha Namanganda OCHL 1/8 final bosqichi doirasida "Navbahor" - "Al Ittihod" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Quyida katta futbol bayramiga aylanib ketgan mazkur to'qnashuvning o'yin atrofidagi voqeliklari haqida so'z yuritamiz.




Kameralar jonli efirga shay. Maydon atrofidagi elektron tabloda CHempionlar ligasi logosi porlamoqda. 



Bu orada esa "Al Ittihod" futbolchilari maydonni ko'zdan kechirish uchun tushib kelishdi.



OFK komissarlari qanday rusumdagi smartfondan foydalanishi aks etgan fotosurat.



O'zimizning SHerzod Rajabov OFK komissarlari qatorida ishladi.



OCHL o'yinini tomosha qilish uchun stadionga hammadan ham oldinroq etib kelgan ota-bola muxlislar.



Mehmon jamoa media xizmati vakili. 


O'zbekiston Jaloliddin Manguberdilar yurti.


Vatanimiz bayrog'i har doim va hamma joyda sizu-bizga iftixor tuyg'usini beraveradi.


Mana buni muxlis tashrifi desa bo'ladi.


"Markaziy"ga jahon chempioni tushib kelmoqda.


- Bu yosh muxlis dadasiga aynan Kanteni ko'rsatayotgan bo'lsa kerak.


- SHoshilma ukam, shoshilma. Tezlik bu erda kerakmas

"Navbahor" fan klubi uchrashuvga o'zgacha uslubda tayyorgarlik ko'ribdi.


- Kim edi bu, tochkani xo'jayinimi?


Tolibjon Qosimov hammani suratga olayotgan ekan, biz uning o'zini kadrga muhrlab qo'ydik.


O'tkir Yusupov va uning qadrdon darvozasi.


Samvel Babayanning iztiroblari nigohlari mana shunaqa bo'lar ekan.


Futboldan xabari yo'q kishi ko'rsa, bu ikkisi mushtlashmoqchi deb o'ylashi tayin.


Bu orada Ruslanbek Jiyanovning ham jahli chiqdi.


Jamshid Iskanderov hakam qaroridan norozi. Jamoadoshlari "Nash, nash" deb takrorlayotganliklarini o'zim eshitdim.


Siz o'yinni uyda ko'rayotganingizda, mana shu kabi bahaybat telekameralar signalni jonli efirga uzatayotgandi.


- Samvel Vyacheslavovich, men bitta tepib ko'ray...


Kechagi o'yinda Kantening futbolkasini qo'lga kiritish ilinjida bo'lganlar ko'p edi.


Championat.asia orqali barchaga salom yo'llayotgan "Navbahor" muxlislari.


Jamoa va muxlislar uyg'unligi aks etgan kadr.


O'yin yakunida o'zbek futboli muxlislarining "eng yoqimtoy" darvozaboni jahon chempioniga mana shunday uslubda qo'l berdi.


Stadion tablosida aks etgan yakuniy hisob.


Jahongir Fayzullaev "Molten”da ham gol urishni qoyillatadi, davogarlar bo'lsa transfer takliflarini ko'rib chiqishimiz mumkin.


Hegazi bir qarashda to'yda so'zga chiqqan kishi tasavvurini beradi 


Kichkina Jahongirning "Navbahor" stadionidagi katta sarguzashtlari. Saytimiz fotografining hamma joyda muxlislari bor.


Bizni kuzatishda davom eting! Biz sizga hamisha va hammavaqt eng noyob kadrlarni taqdim etamiz!


Bekzod Tolibov, Dilmurod Isaqov, Namangandan Championat.asia uchun maxsus

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика