"Navbahor" 9 nafar futbolchi bilan xayrlashganini malum qildi
05 jan 2023 17:34
Yangiliklar
"Navbahor" 9 nafar futbolchi bilan xayrlashganini malum qildi
SHu bois, Superliganing barcha klublarida o'zgarishlar bo'lishi tabiiy. Mazkur o'zgarishlar albatta, "Navbahor"ga ham tegishli.
Oldinroq "lochinlar"ning serbiyalik 29 yoshli hujumchisi Zoran Marushich jamoani tark etganini malum qilgandik.
SHuningdek, jamoaning yana bir qator futbolchilari yangi mavsumni boshqa klublarda davom ettirishga qaror qilishdi. Quyida shu haqda to'xtalamiz.
"Navbahor" tarkibini darvozabon Rahimjon Davronov, himoyachilar Rustam Ashurmatov, Boyan Ciger, Stanislav Andreev, yarim himoyachilar Azimjon Ahmedov, Nurillo To'xtasinov, Diyorjon Turopov va qirg'izistonlik 32 yoshli hujumchi Mirlan Murzaev, shuningdek, Namangan klubida ijara asosida to'p tepgan rossiyalik 33 yoshli hujumchi Aleksandr Kasyan tark etdi.
Bu o'yinchilardan Rustam Ashurmatov ("Rubin", Rossiya), Boyan Ciger ("Kedax", Malayziya) va Mirlan Murzaev ("Moxammedan", Hindiston) o'z faoliyatini xorij klublarida, qolganlari esa yurtimiz jamoalarida davom ettiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar