So’nggi yangiliklar

22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25

"Nasaf" uchun ikki yo'l ochiq. "So'g'diyona"da esa... Yangiliklar

"Nasaf" uchun ikki yo'l ochiq. "So'g'diyona"da esa...

Bundan bir necha soatlar oldin OCHL joriy mavsumiga qura tashlandi.

Avvalroq Qarshining "Nasaf" jamoasi musobaqa guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off o'yinida "Baniyas" bilan o'ynashi malum bo'lgan edi. Ayni paytda "ajdarlar"da juda yaxshi imkoniyat yuzaga kelmoqda. Buning uchun BAAdan g'alaba bilan qaytishsa bo'lgani, tamom. Mana shu pallada ikki jihatni ko'rishimiz mumkin. 

Bosimsiz o'ynash imkoniyati 

"Nasaf" mag'lubiyatga uchragan taqdirda OFK kubogi orqali xalqaro maydondagi yurishini davom ettiradi. Biz bu bilan hozirdanoq jamoani OCHLdan chetga chiqarib qo'ymoqchi emasmiz. Lekin yuqoridagi birinchi faktor Ro'ziqul Berdiev shogirdlarining bosimsiz hech narsani o'ylamagan holda to'p tepishlarini taminlaydi. CHunki xalqaro maydonda imkoniyat yo'qotilmagan bo'ladi. 



"Nasaf" hech narsani yo'qotmaydi. "So'g'diyona"chi?

Hozir takidlaganimizdek, "Nasaf" 15 mart kuni amirliklarda mehmon bo'lib ikkita yo'llanmadan birini qo'lga kiritadi. Mag'lubiyatda ham, g'alabada ham jamoa hech narsani yo'qotmaydi. Yutuq qitaning nufuzli musobaqasiga, muvaffaqiyatsizlik esa ikkinchi darajali turnirga yo'l beradi. SHu kuni Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi astoydil qarshiliklarga muxlislik qiladi. "Nasaf"ning "Baniyas"dan ustun kelishi Superliganing kumush medal sohibiga tarixda ilk bor xalqaro maydon eshiklarini ochadi. 

"Baniyas" haqida 

Ushbu klub 1982 yilda tashkil topgan. Uy uchrashuvlarini 10 000 sig'imga ega "Baniyas" arenada o'tkazadi. Jamoani ruminiyalik Daniel Iseyle boshqarmoqda. Malumot o'rnida aytish mumkinki, 2011 yil qisqa vaqt franciyalik futbol yulduzi David Trezege to'p tepgan. Ayni paytdagi holatga ko'ra, Sasha Ivkovich (Xorvatiya), Salim Al Mamari (Ummon), Saile (Braziliya), Gaston Alvarez Suarez (Argentina), George Tibar (Tanzaniya), Nikolas Ximines (Argentina), Joao Viktor (Braziliya), Isaak Telin (SHveciya), Said Xamis (Tanzaniya) kabi legionerlar jamoada o'ynamoqda. Jamoaning o'rtacha yoshi 25,7. Jamoa o'tgan mavsum amirliklar chempionatida 2 o'rinni egalladi.  Ayni payt BAA Pro ligasida 7 o'rinni egallab turibdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика