So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  4 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  52 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

"Nasaf" Sia masalasida g'irromlik qilyaptimi? Yangiliklar

"Nasaf" Sia masalasida g'irromlik qilyaptimi?

Yil davomida medallar uchun raqobatlashgan klublar kurashni "qurollanish" poygasiga ko'chirishdi.

15 fevralga qadar davom etadigan transfer oynasidagi har bir kun yangi intrigalar bilan boshlanyapti. Bozorda raqobat borligi yaxshi. Faqat u qonun doirasida bo'lishi kerak. 

Mavsumlar orasidagi o'tishlarni "Futbolchilar maqomi va transferi bo'yicha" reglament tartibga soladi. Qoidalar aniq va barchaga tushunadigan tilda yozilgan bo'lsa ham, bilib-bilmay reglamentni buzayotgan klublar bor. Eng ko'p uchraydigan holatlardan birini "Nasaf" klubi misolida tushuntirib beramiz. 

14 dekabr kuni "ajdarlar" rahbariyati AGMK yarim himoyachisi Siyavash Haqnazariyga qiziqib qolgani to'g'risida xabar berilgan edi. Sia — yaxshi futbolchi, Qashqadaryo klubini kuchaytirishi aniq. Ammo uning "konchilar" bilan 2023 yil oxirigacha amal qiladigan bitimi bor. Demak, "Nasaf" eronlik legionerni 2 yo'l orqali qo'lga kiritishi mumkin: uning transfer huquqi sotib olinadi yoki AGMK bilan shartnomasi tugab, erkin agentga aylanishi kutiladi (2023 yilning 31 dekabrigacha).

Championat.asia malumotiga ko'ra, "Nasaf" uchinchi (reglamentga zid) yo'lni tanlagan. Qarshiliklar AGMKni ogohlantirmasdan, futbolchining o'zi bilan muzokara o'tkazgani aytilmoqda. Ushbu malumotni tekshirish maqsadida Olmaliq klubi bosh direktori bilan bog'landik.

"Yo'q, Haqnazariy borasida hech qanday taklif yoki ogohlantirish xati olmadik. Futbolchining o'zi "Nasaf" yaxshiroq shartnoma taklif qilayotgani va AGMKdan ketmoqchiligini bildirdi. Biz Siani qo'yib yuborish haqida o'ylamayapmiz...

SHu o'rinda barchadan boshqa jamoalarni hurmat qilish va g'irromlik qilmaslikni so'rab qolamiz", — deydi Bahodir Mirzaev.

Endi etiboringizni reglamentning 18-moddasiga qaratamiz: "Istalgan jamoa futbolchi bilan muzokaraga kirishishdan oldin uning joriy klubini yozma ravishda xabardor qilishi kerak. Bu qoidaning har qanday buzilishi tegishli sankciyalarga olib keladi". 

Bilishimizcha, jazo holatning og'irligiga ko'ra turlicha belgilanishi mumkin (kichik jarimadan uzoq muddatli diskvalifikaciyagacha). Yodingizda bo'lsa, "Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasidagi "Turg'unboev mojarosi" ham ogohlantirish xati yozilmagani sabab boshlangan va 5 kishi muayyan muddatlarga futboldan chetlatilgan edi. 

Bunday ko'ngilsizliklar takrorlanmasligi uchun "Nasaf" misolida barchani ogohlantirishga harakat qildik. Xulosa o'zingizdan.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика