So’nggi yangiliklar

19:20Жо Коул АПЛ янги мавсуми фаворитини айтди  0 19:13Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912". Таркиблар эълон қилинди  0 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" (матнли трансляция)  9 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  4 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  8 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4 14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0

“Nasaf” PFKda bolalar uchun futbol bayrami tashkil etildi Yangiliklar

“Nasaf” PFKda bolalar uchun futbol bayrami tashkil etildi

Teglar :  Nasaf
Bugun yurtimizda - 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlanmoqda. Bugun bolajonlarimiz har qachongidan ardoqda va etiborda.

SHuningdek ayni kunlarda mamlakatimiz bo'ylab "Har bir bolaga mehr, etibor!" shiori ostida maxsus haftalik ham bo'lib o'tmoqda.

1 iyun kuni bolajonlar uchun bayram tashkil qilib berish, “Nasaf” PFKning ham ananasiga aylanib qolgan.

Bugun ham shunday bo'ldi. “Nasaf” PFK qoshidagi futbol maktabi maydonlarida bolajaonlar uchun futbol bayrami tashkil etildi. Bu bayramda 2005 yilda tug'ilgan bolalardan tortib, 2011 yilgacha tug'ilgan bolalardan tuzilgan 56ta  jamoa ishtirok etdi, futbol bayramida jami 852 nafardan oshiq bolajonlar maydonlarda to'p tepishdi. Futbol bayramida hattoki viloyatimizning shahar va tumanlaridan tashqari, qo'shni Surxondaryo viloyatining Jarqo'rg'on va SHo'rchi tumanlaridan ham jajji futbolchilar tashrif buyurishdi.


Bolajonlar futbol bayrami davomida rekonstrukciya qilinayotgan “Markaziy” stadionni, “Nasaf” futbol maktabini ham tomosha qilishdi. Bolajonlar bilan “Nasaf” klubining futbolchilari  o'rtasida uchrashuv va suhbatlar ham tashkil etildi. Ular bundan juda xursand va mamnun bo'lishdi. SHuningdek futbol bayrami qatnashchilariga esdalik sovg'alari ham topshirildi.

Bugungi futbol bayramida klubimiz bosh menedjeri SHamil Samgulovich Yarulinning o'zi bosh-qosh bo'ldi.

Quyida ana shu tadbirdan olingan fotosuratlarni tomosha qiling.


Bugungi tadbirning tashkilotchilaridan biri – “Nasaf” PFK futbol maktabining direktori Sergey Petrovich Kucherenkoni suhbatga tortdik.

-Bolalarga etibor bergan, ularga mehrini bergan xalq hech qachon kam bo'lmaydi. Bolalar bizning kelajagimiz. Bugun biz ham aziz bolajonlarimiz uchun futbol bayrami tashkil qildik. Bu klubimizning annasiga aylanib qolgan. Har yili bunday tadbirlarni tashkil etib kelamiz. Maqsadimiz bolajaonlarimizni xursand qilish bilan birgalikda, ularni sportning futbol turiga bo'lgan qiziqishini ham ortirishdir. Bugun ularning yuzidagi quvonch va hayajonni ko'rib, o'zimiz to'lqinlanib ketdik. Ularni xursand qila olganimizdan, o'zimiz ham baxtiyormiz, - deydi Sergey Petrovich.

 

Futbol bayramida quyidagi jamolar g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

2005 yilda tug'ilganlar, 16ta jamoa

1-o'rin. Jarqo'rg'on

2-o'rin. SHo'rchi

3-o'rin. Beshkent

 

2004 yilda tug'ilganlar, 12ta jamoa

1-o'rin. “Nasaf-1”

2-o'rin. Qarshi bolalar va o'smirlar sport maktabi

3-o'rin. “Nasaf-2”

 

2006-2007 yilda tug'ilganlar, 24ta jamoa

1-o'rin. Koson

2-o'rin. SHaxrisabz – 1

3-o'rin. SHaxrisabz – 2

 

2010-2011 yilda tug'ilganlar. 4ta jamoa

1-o'rin. “Nasaf-1”

2-o'rin. “Nasaf-2”

3-o'rin. “Nasaf-2”

 

G'olib jamoalar kubok, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика