"Barselona" futbolchisi klub bilan shartnomani bekor qilishga kelishib oldi
21 avg 2025 15:09
Yangiliklar
"Barselona" futbolchisi klub bilan shartnomani bekor qilishga kelishib oldi
"Barselona"ning ispaniyalik tajribali yarim himoyachisi Oriol Romeu Kataloniya jamoasi bilan bitimni bekor qilishga yaqin turibdi.
"Marca" xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi Kataloniya klubi rahbariyati bilan kelishuvni bekor qilishga kelishib olgan. Tomonlar hali bir nechta tafsilotlarni hal qilishari kerak. Shundan so'ng Romeu erkin agentga aylanadi.

Yarim himoyachi o'tgan mavsum "Jirona" safida ijarada o'ynadi va La Ligada 25 o'yin o'tkazib, 5 ta sariq kartochka olgan.
Eslatib o'tamiz, Oriol Romeu "Barselona"ning asosiy jamoasi tarkibida barcha turnirlarda 39 o'yinda qatnashgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar