"Nasaf" Antaliyadagi yig'inda kimlar bilan o'ynaydi?
05 jan 22:58
Yangiliklar
"Nasaf" Antaliyadagi yig'inda kimlar bilan o'ynaydi?
"Yangi mavsumda chempionlikni himoya qilishni maqsad qilgan "ajdarlar" 3 yanvardan boshlab, Qarshidagi qarorgohlarida yig'ilishdi va mashg'ulotlarni boshlab yuborishdi. Jamoa tarkibida yosh futbolchilar ham ko'rikdan o'tishmoqda. Murabbiylarimiz jamoani tark etgan futbolchilar o'rnini to'ldirish uchun selekciya ishlarini ham olib borishmoqda. "Nasaf" yanvar oyida mashg'ulotlarni Qarshida olib boradi.
Tayyorgarlikning ikkinchi qismi fevral oyida Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tadi. Antaliyadagi o'quv mashg'ulot yig'ini doirasida xorij jamolari bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazish rejalashtirilgan. Jamoamizga "Liepaja" (Latviya), "Veres Rivne" (Ukraina), "Fakel" (Rossiya), "Baltika" (Rossiya), "SHaxtyor" (Qozog'iston) va "Spartak" (Moskva) jamoalari raqiblik qilishadi", — deyiladi qarshiliklar xabarida.
→ Eshitdik-da! "Nasaf" "Spartak" bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar