"Napoli" sport direktori Kvaracxeliyaning agenti bilan uchrashdi
31 okt 16:36
Yangiliklar
"Napoli" sport direktori Kvaracxeliyaning agenti bilan uchrashdi
"Napoli" jamoa etakchisi Xvicha Kvaracxeliyaning shartnomasini uzaytirish borasida ish olib bormoqda.
Amaldagi shartnoma 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Malumotlarga qaraganda, klub sport direktori Jovanni Manna futbolchining agenti Mamuka Jugeli bilan uchrashgan. Neapolliklar yiliga 5 million evro maosh taklif qilmoqda va u oshib boradi, lekin 8 mln.dan ortmaydi.
Futbolchi vakillari esa maosh birinchi yil 5 mln bo'lib, uchinchi-to'rtinchi mavsumdan 8-9 mlngacha ortishini istashmoqda.
Biroq muzokaralardagi asosiy muammo tovon pulida bo'lib, gruziyalikning agenti uni 80 mln evro qilib belgilab, 2022 yilda futbolchini Neapolga bor yo'g'i 9 mln + bonuslar evaziga olib kelgani uchun agentga ham keyingi sotuvdan foiz berilishini so'rashmoqda.
Fikrlar