Ibragimovich La Liga, Premer-liga va A Seriyada o'ynash o'rtasidagi farqlarni tushuntirdi
20 noy 2025 10:32
Yangiliklar
Ibragimovich La Liga, Premer-liga va A Seriyada o'ynash o'rtasidagi farqlarni tushuntirdi
Futbol afsonasi Zlatan Ibragimovich uchta TOP chempionatlarni solishtirdi.
"La Ligada ular o'yinni o'ynashga harakat qilishadi. Hatto yuqori saviyada bo'lmagan jamoalar ham to'pni himoyadan boshlab, hujum qilishga harakat qilishadi.
Premer-liga yuqori suratli. U oldinga va orqaga (tezkor) harakatdan iborat. Hatto yuqori texnik saviyadagi o'yinchi bo'lsangiz ham, agar bu suratni boshqara olmasangiz, unga dosh bera olmaysiz.
Italiyada esa o'yin juda taktik, juda chuqur o'rganiladi. Hujum qilishdan ko'ra, himoyalanish muhimroq. Bu juda qiyin. Himoyaga ko'p etibor qaratadigan jamoaga qarshi hujumchi sifatida o'ynash oson emas".
Eslatib o'tamiz, sobiq futbolchi Italiyada "Yuventus", "Milan", "Inter" jamoalarida, Angliyada "Manchester Yunayted"da, Ispaniyada "Barselona" safida to'p surgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar