MYU tarbiyalanuvchisi "qizil iblislar"ning himoyadagi o'yinini tanqid qildi
31 avg 11:43
Yangiliklar
MYU tarbiyalanuvchisi "qizil iblislar"ning himoyadagi o'yinini tanqid qildi
APLning bir qator klublarida to'p tepgan, hozirgi kunda faoliyatini yakunlagan "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi Robbi Sevij Erik ten Xag jamoasidagi muammolar haqida gapirdi.
"O'tgan hafta "Brayton"ga qarshi bahsda "Yunayted"ning omadi kelmadi (1:2) deb o'ylagandim, Garnachoning zarbasidan so'ng Zirkze to'pni tizzasi bilan urib yuborgan gol ofsayd sabab bekor qilingani menga g'alati ko'ringandi.
Ammo jamoa Joao Pedro urgan golda juda yomon himoyalandi. 95 daqiqada darvozaning yonginasida "Brayton"ning ikki futbolchisini hech kim qo'riqlamadi.
"Yunayted" ten Xag qo'l ostida qo'shib berilgan vaqtda 6 ta g'alaba to'pini o'tkazib yubordi. Bu uning tayinlanishiga qadar Premer-ligada o'tgan 30 yillikdagidan ko'proq. Dahshatli statistika" - dedi MYU tarbiyalanuvchisi.
Yakshanba kuni Erik ten Xag jamoasi APLning 3-tur o'yinlari doirasida "Liverpul"ni qabul qiladi.
Fikrlar