Mxitaryan yana sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
08 jan 2019 11:59
Yangiliklar


Mxitaryan yana sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
"Arsenal" yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan London jamoasini tark etishi mumkin.
"The Sun" xabariga ko'ra, agarda "Arsenal" "Barselona" futbolchisi Denis Suares bilan shartnoma imzolaydigan bo'lsa, armanistonlik futbolchi jamoadan ketadi. U o'tgan yilning yanvaridan buyon "kanonirlar" sharafini himoya qilayotgandi.
Yarim himoyachining jamoasi bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Hozirda futbolchiga "Manchester Yunayted" davogarlik qilmoqda. "Qizil iblislar" 29 yoshli futbolchini jamoaga qaytarishga tayyor bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar