So’nggi yangiliklar

20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  0 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  12 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  28 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  14 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  10 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  7 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2

Murod Ismoilov: Hokim kubogidan so'ng Turkiyaga jo'nab ketamiz Yangiliklar

Murod Ismoilov: Hokim kubogidan so'ng Turkiyaga jo'nab ketamiz

Neftchi murabbiyi Murod Ismoilov Farg'ona jamoasining mavsumoldi tayyorgarliklari hamda kelgusidagi rejalar haqida gapirdi.

- Mavsum taraddudi belgilangan reja asosida davom etmoqda. Futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishgach, ilk yig'inni Farg'onada tashkil qilgandik. So'ngra Toshkentga keldik. Hozircha belgilangan 4ta o'yinni o'tkazib bo'ldik. Mashg'ulotlar asosan, CHilonzordagi suniy qoplamali maydonda o'tdi. Bundan tashqari, futbolchilar trenajyor zalida jismoniy holatlarini yaxshilashdi. Albatta, mashqlar davomida turli taktik uslublarni ham sinovdan o'tkazdik.

Tarkibdagi o'zgarishlar

- O'tgan yili Neftchi tarkibida to'p surgan Jahongir Mehmonov, Mansur Saidov, SHukurali Po'latov va Akmal Xolmatovlar jamoadan ketishdi. SHuningdek, tajribali hujumchi Mo'ydin Mamazulunov bilan shartnoma tuzdik. Keyingi yig'in davomida safimizga legioner futbolchilar qo'shilishi mumkin. Hozirda xuddi shu masala ustida ishlayapmiz.

Etakchilarning ketishi

- Bilasizmi, Mansur Saidov, SHukurali Po'latov hamda Akmal Xolmatov kabi futbolchilarning o'yini borasida hech qanday etirozlar yo'q. Lekin qaysidir lahzalarda o'zgarishlarga qo'l urish - futbolning bir qismi. Fakt shuki, Mansur va Akmal o'z omadlarini boshqa klubda sinab ko'radigan bo'lishdi. SHu bois, klub rahbariyati ular bilan kelishgan holda, munosib xayrlashdi.

Ketganlar o'rnini to'ldirish

- Tez kunlarda safimizga 3-4 nafar futbolchi kelib qo'shiladi. Ehtimol, asosiy masuliyat aynan yangi o'yinchilarga yuklanar?..

Sobiq klubdagi shogirdlar

- Avval ishlagan jamoalarimda o'ynayotganlar orasida harakatlari maqul tushgan o'yinchilar bor, albatta. Lekin ularning ismlarini hozircha aytmay turganim yaxshi. Ko'pgina savollar yuqorida aytilgan ikki legionerning taqdiriga bog'liq. Ularni ko'rikdan o'tkazib, keyin boshqa nomzodlar haqida bosh qotiramiz.

Legionerlar

- Xorijdan keladiganlar himoya chizig'i vakillari. Bilasiz, Andrey Fyodorov futbolchilik davrida aynan shu poziciyada to'p surgan. Tabiiyki, ushbu chiziqqa ko'proq etibor qaratilmoqda. O'tgan mavsum himoyaviy harakatlarimizda bazi nuqsonlar ko'zga tashlangandi. Maqsadimiz - o'sha xatolarni takrorlamaslik.

Neftchining obro'sini tiklash

- O'tgan yilgi tarkibning katta qismini saqlab qoldik. Futbolchilarning o'rtacha yoshi 23-24 atrofida. Yoshlar ligasidagi jamoamizda ham istedodli, umidli o'yinchilar o'sib kelishyapti. O'ylaymanki, tez orada Neftchi yana kuchli, raqobatbardosh jamoaga aylanadi.

Yoshlar jamoasidan asosiyga

- Ibrohim No'monov va Abdujamol Isroilov kabi yoshlar asosiy jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishmoqda. Menimcha, bu ikki futbolchi yangi mavsum kashfiyotlari safidan o'rin olishadi. SHuningdek, Islom Toshpo'latov, Xurshid Asqaraliev, Anvarjon Aminjonov singari istedodlarni ham alohida takidlab o'tish lozim. Ular astoydil mehnat qilishsa, ikki-uch yildan so'ng Neftchi etakchilariga aylanishadi.

Tayyorgarlik davom etadi

- 28 yanvar kuni Farg'onada boshlanadigan Hokim kubogida ikkita tarkib bilan ishtirok etamiz. Mazkur turnir yakunlangach, ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Turkiyaga jo'nab ketamiz. Xorijda 5ta jamoa bilan kuch sinashish ko'zda tutilgan.

Muxlislar

- Yangi mavsumda Neftchi ishqibozlarini xursand qilishga astoydil bel bog'laganmiz. Umid qilamanki, jamoamiz 2017 yilgi chempionat va kubok bahslarida ancha-muncha etakchi klublarga munosib qarshilik ko'rsatadi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика