"Mumbay Siti" ustozi: "Guruh bosqichida hech bo'lmaganda bir ochko qo'lga kirita olmaganimiz alamli"
05 dek 2023 10:11
Yangiliklar
"Mumbay Siti" ustozi: "Guruh bosqichida hech bo'lmaganda bir ochko qo'lga kirita olmaganimiz alamli"
OCHL 6-turidan o'rin olgan "Mumbay Siti" – "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Entoni Fernandesh fikrlarini bildirdi.
"Menimcha, yigitlar bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi. Guruh bosqichida hech bo'lmaganda bir ochko qo'lga kirita olmaganimiz alamli. Qita miqyosidagi turnirda 90 daqiqa davomida diqqatni jamlash kerak.
Biz juda ko'p vaziyat yaratdik. Bizga etishmagan yagona jihat hujumlarni yakuniga etkazish bo'ldi. Biroq ushbu o'yindan o'zimiz uchun ko'p ijobiy jihatlarni aniqlab oldik.
Hindiston jamoasi uchinchi marta mazkur bosqichda ishtirok etmoqda. Rivojlanish asta-sekinlik bilan sodir bo'ladi. Biz ortga ketmayapmiz, aksincha, har kuni mahoratimizni oshirish yo'lida izchil qadamlar tashlayapmiz. Hindiston jamoalari kelgusida juda yaxshi o'yin namoyish eta boshlaydi", – dedi Fernandesh.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar