So’nggi yangiliklar

17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  7 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  28 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  30 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9

"Mumbay Siti" murabbiyi: "Oxirgi o'yin bilan solishtirganda, bizda to'laqonli tarkib shakllangan" Yangiliklar

"Mumbay Siti" murabbiyi: "Oxirgi o'yin bilan solishtirganda, bizda to'laqonli tarkib shakllangan"

"Mumbay Siti" murabbiyi Entoni Fernandesh "Navbahor"ga qarshi OCHL o'yini oldidan fikrlarini bildirdi.

"Bo'lajak o'yin qiyin o'tadi. "Navbahor" kuchli, ular ham g'alaba ilinjida tashrif buyurishgan, biroq biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. 

Klubda murabbiy almashdi, mazkur bahs o'z mahoratimni namoyon eta olish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. 

Futbolda bazi rejalar ish bermay qolishi mumkin, shu bois har qanday holatga moslashish lozim. Men ham o'z lavozimimga moslashib boryapman va bundan zavq olyapman. SHunga qaramay, bu qiyin vazifa. 

Oxirgi o'yin bilan solishtirganda, bizda to'laqonli tarkib shakllangan. Yigitlar uchrashuvni intiqlik bilan kutishmoqda. Osiyo CHempionlar Ligasida Hindiston sharafini himoya qilayotganimiz bizga g'urur bag'ishlaydi. Albatta, natijalar bizni biroz xafa qilmoqda, biroq shogirdlarim ko'rsatayotgan o'yindan xursandman. To'g'ri, guruh bosqichidagi so'nggi o'yinimiz hisoblanadi, biroq ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz. Mazkur bellashuvga bo'lgan ishtiyoq avvalgilariga qaraganda yuqoriroq", – dedi Fernandesh.

"Mumbay Siti" – "Navbahor" bellashuvi bugun 21:00 da start oladi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика