Muhsin Nizomiddinov: "90 daqiqa hujum qildik, ammo to'p raqib darvozasiga kirishni istamadi"
19 mar 2024 20:47
Yangiliklar
Muhsin Nizomiddinov: "90 daqiqa hujum qildik, ammo to'p raqib darvozasiga kirishni istamadi"
- O'yin haqida...
- Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. "Buxoro"ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Bugun bizning kunimiz emas ekan. Raqibda bitta vaziyat bo'ldi va sarosima natijasida gol o'tkazib yubordik. 90 daqiqa davomida hujum qilib, vaziyatlar yaratdik, ammo "Buxoro" qo'riqlayotgan darvozaga to'p kirmadi. Keyingi o'yinni "Aral"ga qarshi o'tkazamiz. Bugungi o'yinni qayta ko'rib chiqamiz. Xatolarimiz ustida ishlaymiz. Pro ligada dastlabki ikki o'yinda ham g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Keyingi o'yinlarda faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz.
- Bunday natijalar qayd etilishida yangi o'yinchilarning kirishib keta olmagani sabab bo'lishi mumkin...
- Tarkibimiz 90 foiz o'zgardi. Bu bahona emas. Bizda etarlicha vaqt bor edi. Qolaversa, jamoani 60-70 foiz yoshartirdik. Futbolchilarni yomon deb bo'lmaydi. Ular hali bir-biriga moslashadi. Hali endi ikkita tur ortda qoldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar