So’nggi yangiliklar

17:21"Қўқон-1912" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  6 15:19ЎзЭл Классикосига превью  14 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  5 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2

Muhsin Muhammadiev: "Nima uchun barcha o'yinlarda uchtadan gol o'tkazib yuborayotganimizni tushunmayapman" Yangiliklar

Muhsin Muhammadiev: "Nima uchun barcha o'yinlarda uchtadan gol o'tkazib yuborayotganimizni tushunmayapman"

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Buxoro" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida buxoroliklar ustozi Muxsin Muxammadiev qatnashdi.




- Birinchi bo'limni butunlay yomon o'tkazdik. Bu men uchun ham topishmoq. Penalti bor edi. SHundan keyin o'yin sindi. Keyin esa majburiy bo'lmagan golni o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda yigitlar o'ynashdi, ko'plab vaziyatlar yaratishdi. Hozircha ishlarimiz o'xshamayapti. Bu futbol, shunday bo'lib turadi. Ketma-ket 3 o'yinda 3tadan gol qo'yib yuboryapmiz. Bunga o'zim ham tushunmayapman. Bu juda katta muammo.

- Balki "Buxoro"da moliyaviy tomondan muammolar bordir.
- Yo'q, bunday muammo yo'q. Bu borada hozircha barchasi joyida. Biz buncha ko'p gol o'tkazib yubormasligimiz kerak edi. Birinchi, ikkinchi, uchinchi marta 3:0 hisobida yutqazdik. Ko'plab xatolikka yo'l qo'ymoqdamiz. Yutish uchun gol urish kerak. Vaziyatlar bor, biroq gol urishda oqsayotganimiz asosiy kamchiligimiz bo'lmoqda.

- Nima deb o'ylaysiz, jamoa nima sababdan uchtadan gol o'tkazib yuboryapti?
- Bu men uchun ham topishmoqdek. O'zim ham sababini tushunmayapman.

- O'tgan 3 o'yindan qaysi biri eng qiyini bo'ldi?
- Barchasi qiyin bo'ldi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda yaxshi himoyalangandik. Keyinchalik raqib o'yin qoidasini buzib, gol urdi. Keyin esa penaltidan gol qabul qilib oldik. Bu erda ham penaltidan boshlandi. Balki ruxiy tomondan muammolarga yo'l qo'yayotgandirmiz.

- Bir vaqtlar bir murabbiy jamoa ketma-ket uch o'yinda mag'lub bo'lsa, murabbiylar shtabi aybdor deb aytgan.
- Balki shundaydir. Buni ko'rib chiqish kerak. Endi oldindagi barcha o'yinlarda qattiq kurashib, g'alabaga erishishga intilamiz.

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика