So’nggi yangiliklar

22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  10 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  31 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0

Muhammadali O'rinboev: "Evropaga yana yo'l olish? Yaxshi yangiliklar bo'lib qoladi" Yangiliklar

Muhammadali O'rinboev: "Evropaga yana yo'l olish? Yaxshi yangiliklar bo'lib qoladi"

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Buxoro" (6:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar yarim himoyachisi Muhammadali O'rinboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yin avvalida jarayonga kirishib ketishga qiyinchiliklarga uchradik. Guvohi bo'ldingiz, o'z darvozamizdan birinchi bo'lib to'p o'tkazib yubordik, ammo gol bekor qilindi (o'yindan tashqari holat sababli "Buxoro"ning goli inobatga olinmadi – tahririyat). O'zimizga kelib olishimizga ozgina vaqt kerak bo'ldi. Raqib darvozasini ilk marta ishg'ol qilganimizdan so'ng o'yin ochiq ruhda davom etdi va g'alabaga erishdik. 

Gollar urganimdan va o'zim kutgan o'yinni namoyish eta olganimdan juda xursandman. Bunda yangi murabbiyning tasiri deya olmayman. Sababi, bizning vazifamiz maydonga tushib, o'z iqtidorimizni namoyon etish va g'alabaga hissa qo'shish hisoblanadi. Jamoa muxlislarini ham g'alaba bilan tabriklayman. 

Futbol shunday sport turiki, har doim bir tekislikda yurishning iloji yo'q. Nasib qilgani bo'ladi. Tayyorgarlik yaxshi bo'lyapti. Endi "Nasaf"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz va faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz. 

Evropaga yana yo'l olish? Xudo xohlasa, shu ruhda davom eta olsam, yaxshi yangiliklar bo'lib qoladi", dedi 20 yoshli futbolchi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика