Muhammad Saloh "Liverpul" bilan o'z kelajagi bo'yicha muzokara o'tkazadi
03 sen 23:45
Yangiliklar
Muhammad Saloh "Liverpul" bilan o'z kelajagi bo'yicha muzokara o'tkazadi
Futbolchi klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.
"Liverpul" klubi o'z vingeri Muhammad Saloh bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokara o'tkazadi. Malumot uchun, misrlik futbolchining amaldagi shartnomasi shu mavsum oxiriga qadar mo'ljallangan.
Klub bosh murabbiyi Arne Slon futbolchining harakatlaridan mamnun va uni jamoada olib qolish niyatida. O'z navbatida Muhammad Saloh ham "Liverpul"da baxtli va klubda qolishni istamoqda. Agar ikki tomon kelisha olsa, Saloh "Liverpul" bilan shartnomasini uzaytiradi.
Malumot uchun, Saloh ushbu mavsum APLning uchta turidan so'ng 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Fikrlar