So’nggi yangiliklar

17:00"Ливерпуль" "Бавария" шартнома имзоламоқчи бўлган немисни илиб кетишга яқин  2 16:39Месси Аргентинанинг июнь ойидаги ўйинлари учун таркибга киритилди  0 16:06"Милан" ҳимоячиси "Реал"га ўз хизматларини таклиф қилди  1 15:40"Барселона" келаси мавсумда "Камп Ноу"га қайтишни режалаштирмоқда  5 15:13"Милан" Итальянони бош мураббийлик учун номзод сифатида кўрмоқда  1 14:46Палмер наздида дунёнинг энг яхши футболчиси ким?  10 14:22"Футбол олами". Хайр, "Насаф". Қойил, "Лочин". Ўзбекистон кубогида 4 та гуруҳ ўйинлари тугади  0 14:05Родри Мадрид фахрий медали билан тақдирланди  2 13:38"Челси" Англия терма жамоаси аъзосини кузатмоқда  0 13:11"Барселона" Шенснига ўринбосар қидирмоқда  6 12:43"Бавария" етакчиларидан бири билан шартномани узайтиришга тайёр  1 12:17Рубен Аморим: "Финалга тайёрланишнинг энг яхши усули – "Челси"га қарши ўйнаш"  4 11:42Хёйсен яқин соатларда "Реал"да тиббий кўрикдан ўтади  23 11:1838 ёшли Варди нима учун фаолиятини якунлаш нияти йўқлигини тушунтирди  1 10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  2

Muhammad CHih: "O'zbekiston Kosta-Rikaga qaraganda kuchliroq raqib hisoblanadi" Yangiliklar

Muhammad CHih: "O'zbekiston Kosta-Rikaga qaraganda kuchliroq raqib hisoblanadi"

Niderlandiya futzal terma jamoasi azosi Muhammad CHih Kosta-Rikaga qarshi o'yindan keyin mikst-zonada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugungi o'yin biz uchun juda muhim edi. Keyingi bosqichga chiqish uchun mazkur g'alaba qozonishimiz kerak edi. Guvohi bo'lganingizdek, o'yin 2:2 hisobida yakunlandi. Bizda ikki ochko mavjud va keyingi bosqichga chiqish imkoniyati hozircha juda murakkab. Endilikda keyingi bosqichga yo'l olish uchun Paragvayga qarshi o'yinda g'alaba qozonishga tayyor bo'lishimiz kerak.

Bugungi o'yin yuqori tempda o'tdi. Hisobni 3:1, 4:1 ko'rinishiga keltirishimiz mumkin edi. Juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'lgandik, biroq vaziyatlarni aniq yakunlay olmadik. SHu bois durang qayd etildi.

O'zbekiston va Kosta-Rika bilan ham durang o'ynadik. Menimcha, ularning ikkalasi ham teng kuchli jamoalar edi. Ammo O'zbekiston xavfli vaziyatlar va burchak zarbalarini ko'p yuzaga keltirdi. Ayniqsa, 8-raqamli futzalchi (Husniddin Nishonov — tahririyat) bizga ko'p qiyinchilik tug'dirdi. Kosta-Rika jismoniy jihatdan kuchli jamoa, biroq O'zbekistonga qarshi o'yin qiyinroq o'tdi", dedi CHih.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya terma jamoasi jahon chempionatining ilk turida O'zbekiston (3:3), 2-turda esa Kosta-Rika (2:2) bilan durang o'ynadi. "Lolaranglilar" so'nggi turni Paragvayga qarshi o'tkazadi.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика