Mourinyu MotoGP poygasida bo'ldi
25 mar 15:59
Yangiliklar
Joze Mourinyu MotoGP motopoygalari bo'yicha jahon chempionatining Portugaliya Gran-prisiga bordi.
Xabar qilinishicha, Mourinyu Ducati zavodi va Gresini jamoasi garajlariga tashrif buyurib, ularning rayderlari Franchesko Banyayey, Enea Bastyanini hamda aka-uka Mark va Aleks Markes bilan suhbatlashgan. Bundan tashqari, portugaliyalik poyga yakunida katakli bayroqni hilpiratdi.
Avvalroq Joze Mourinyu yanvar oyida Italiyaning "Roma" klubidan nega haydalganini haligacha tushunmasligini takidlagan edi.
Fikrlar