Mourino Ispaniyada soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanmoqda
03 noy 2017 15:41
Yangiliklar
Mourino Ispaniyada soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanmoqda
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Ispaniyada soliq to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblanmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis tez orada ispan sudi qarshisida javob beradi.
Malumotlarga ko'ra, Joze Mourino "Real" ustozi sifatida ishlagan paytlarda 3,3 mln. evro miqdorida soliq to'lamagan. Bu 2010-2013 yillarda sodir bo'lgan. Portugaliyalik vakillari ayblovni rad etishmoqda.
Eshitish jarayonida Mourino ishtirok etishi tasdiqlanmadi. Joze Mourino vakilining malum qilishicha, portugaliyalik 2010-2013 yillarda Ispaniya soliq xizmatiga 25,7 mln. evro soliq to'lagan.
Fikrlar