So’nggi yangiliklar

03:10Чемпионлар лигаси. "Ливерпуль"дан супер камбек, "Бавария"да яна йирик ҳисоб, "Атлетико" ютқазди, бироқ...  28 03:02Чемпионлар Лигасининг 1/4 финал жуфтликлари маълум бўлди  3 02:26"Адолат қарор топди". Марокаш афсонаси Африка Кубогидаги можаро ҳақида  2 02:04"Барселона"да жиддий йўқотиш! Жоан Гарсия "Ньюкасл"га қарши ўйиндаги жароҳати сабаб сафдан чиқди  3 01:40БАА чемпионати. Шукуров жамоаси сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  0 01:30ЕЧЛ. "Барселона" — "Ньюкасл" 7:2  3 01:07Акмал Рустамов: "Бизга фақат битта гол етишмади"  1 00:40ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!  439 00:20"Истанбул Башакшехир" дуранг қайд этди  15 00:07Миржалол Қосимов: "Телефондаги ўйинлар ёшларнинг миясини бузяпти"  2 00:03Илёс Зейтуллаев: "Мени худо шундай яратган экан. Сочларим тўкилиб, соқол ўсиб чиқди. Менга Спалетти ёқади, лекин мен ангренлик Илёс Зейтуллаевман"  2 23:40Андрей Шипилов: "Йигитларга шундай чиройли майдондан ғалабасиз чиқиб кета олмаймиз дедим"  2 23:31Сергей Токов: "Биринчи тайм учун мухлисларимиз олдида уятдаман. Таркиб йиғилганига икки ой бўлди"  3 23:20Аёллар футболида тарихий рекорд! "Челси" юлдузи 8 миллион долларлик шартнома имзолади  0 23:10Суперлига. "Қўқон-1912" – "Навбаҳор" 2:1  0

Joze Moraesh: "Nasaf"ning salbiy natijalari zich taqvim bilan bog'liq" Yangiliklar

Joze Moraesh: "Nasaf"ning salbiy natijalari zich taqvim bilan bog'liq"

Elit OCHL 4-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Al Vahda" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida BAA jamoasi bosh murabbiyi Joze Moraesh va futbolchi Bernardo Folya ishtirok etdi.

"O'zbekistonga kelish har doim yoqimli. Bunga qadar bir marotaba yurtingizga kelganman. Ertaga maydonga keladigan muxlislarga tomoshabop futbol namoyish etamiz degan umiddaman. O'yinda nima bo'lishini taxmin qila olmayman. Ertaga maydonda maksimum darajamizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Ikki jamoa ham yaxshi futbolchilarga ega. Umid qilamanki, ertaga chiroyli futbol bo'ladi. Sababi o'zbekistonlik futbolchilar ancha yuqori darajada", - dedi Joze Moraesh.


"Ertaga qiyin o'yin bo'ladi. Bu Chempionlar Ligasi. Biz raqibni yaxshi o'rganib chiqdik va ertaga yaxshi natijaga erishishga intilamiz", - dedi Bernardo Folya.

- "Nasaf" Ligadagi autsayder. Ko'pchilik jamoalar so'nggi pog'onadagi jamoalarni qarshi o'yinda oson g'alabaga erishaman deb o'ylashadi. Sizning jamoangiz ushbu jihat ustida qanday ish olib bordi?

- Bilasizmi, bu Chempionlar Ligasi. To'g'ri, "Nasaf" hali ochko to'play olmadi, ammo endigina uchta tur o'tdi. "Nasaf" ikkita uchrashuvni esa safarda o'tkazdi. OCHLda hech qaysi bir o'yin bir-biriga o'xshamaydi. Lekin raqibga jiddiy yondashuv bilan maydonga tushishimiz kerak. Futbolchilarga har doim bu haqda takidlab kelaman.

- Sizningcha, "Nasaf" joriy yilgi Elit Ligada eng omadsiz jamoami yoki eng zaif?

- Elit Liga darajasi juda yuqori. "Nasaf" ham yaxshi jamoa. Adashmasam, O'zbekiston chempionatida birinchi o'rinda. Masalan, "Al Hilol"ga qarshi o'yinda 2:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. "Al Ahli" qarshi safarda o'yin o'tkazishdi, Jidda klubi amaldagi chempion. "Shabab Al Ahli" ham yaxshi darajadagi jamoa ekanligini bilamiz. Ertangi o'yin avvalgilariga o'xshamaydi. Elit Ligada har bir mamlakatning eng kuchli jamoalari ishtirok etadi. Jamoalarning muvaffaqiyatsiz o'yinlaridan fojia yasamaslik kerak, chunki bunday o'yinlar orqali katta tajriba orttiriladi. Adashmasam, "Paxtakor" so'nggi marotaba yarim finalga etib borgan edi. Avvallari faqat "Paxtakor" xalqaro maydonda yaxshi ishtirok etardi, hozir esa "Nasaf" va boshqa jamoalar ham bunday musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda. O'zbekiston - futbolni yaxshi ko'radigan mamlakat. Muxlislar, yaxshi infratuzilma va boshqa sabablar. Milliy terma jamoaning natijalari ham ancha yaxshilandi.

Bernardo Folyaga savol

- "Nasaf" so'nggi uchta o'yinda mag'lub bo'ldi, ustiga-ustak mahalliy chempionatda etakchilikni yo'qotdi. Shu sababli "Nasaf" futbolchilari ertaga faqat g'alaba qozonish uchun maydonga tushadi. Ushbu jihat sizlarga qanchalik qiyinchilik tug'dirishi mumkin?

- Ular salbiy natijalarni tezroq unutishga harakat qilishadi. Ertaga "Nasaf" faqatgina g'alaba uchun maydonga tushadi. Biz bundan xabardormiz va tayyormiz.

- "Nasaf" jamoasiga qarshi hujumkor o'ynagan yaxshimi yoki himoyaviy?

- Menimcha, "Nasaf" yaxshi balansga ega jamoa. Hujum va himoya o'rtasidagi muvozanat bor. Shuning uchun ham "Nasaf" o'z chempionatida etakchilik qilmoqda. Shuningdek, jamoa tarkibida bir nechta qiziqarli futbolchilar bor ekan, ammo ularni alohida takidlab o'tishni istamayman. OCHLda o'ynaydigan o'zbek klublaridagi futbolchilar ko'pincha to'p bilan juda yaxshi muomala qilishadi.

- Jamoangiz uchun BAA mahalliy ligasi muhimroqmi yoki xalqaro maydon?

- Ha, biz jami to'rt musobaqada ishtirok etyapmiz. Chempionat, Elit OCHL, Kubok va Liga Kubogi. "Nasaf"ning so'nggi vaqtlardagi salbiy natijalari zich taqvim bilan bog'liq. Futbolchilar qisqa vaqt ichida ko'p o'yinda ishtirok etishgan. Biroq bunday o'yinlarda ishtirok etish yoqimli va bundan nolishimiz kerak emas.

- Jamoangiz tarkibida yo'qotishlar bormi?

- Ikkita jarohati bor futbolchimiz O'zbekistonga kelmadi. Hujumchimiz so'nggi o'yinda tizzasidan jarohat oldi. Markaziy himoyachimiz esa uch oydan beri jarohatda, u oy so'ngiga qadar tarkibimizga qaytadi degan umiddaman. Tarkibimizda ularning o'rnini munosib bosa oladigan futbolchilar bor.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика