"Fenerbaxche"ning yangi prezidenti Mourinyuni jiddiy tanqid qildi
17 okt 08:23
Yangiliklar
"Fenerbaxche"ning yangi prezidenti Mourinyuni jiddiy tanqid qildi
"Fenerbaxche"ning yangi prezidenti Sadettin Saran jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyuni tanqid qildi.
2024 yil iyunida jamoa boshqaruviga kelgan portugaliyalik murabbiy avgust oyi oxirlarida istefoga chiqarilgandi.
"O'tmishni gapirishdan mano yo'q. Yozgi yig'in juda yomon o'tgani haqida gapirganimga o'zim afsuslanganman. Batafsil gapirishni istamayman, biroq Portugaliyada jamoa bir kunda bir marta shug'ullanardi. Boshqa hech nima demayman.
Yangi futbolchilar kelganida Mourinyu hali ishlayotgandi. Oradan 5 hafta o'tib jamoadan ketdi. U sababli bizning mavsumoldi tayyorgarligimiz rasvo o'tdi, buning asorati haligacha ko'rinmoqda.
O'sha paytda klubda hayot o'lgandek ko'ringandi - men hali ham yumshoq qilib aytyapman. Klub qarorgohiga kelganimda buni o'z ko'zim bilan ko'rganman", - dedi Saran.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar