Mostovoy "Spartak" bilan o'yinda Abbos Fayzullaevda bo'lgan imkoniyat haqida gapirdi
04 noy 2024 14:59
Yangiliklar
Mostovoy "Spartak" bilan o'yinda Abbos Fayzullaevda bo'lgan imkoniyat haqida gapirdi
"Dastlabki daqiqalardanoq "Spartak" yaxshiroq ekanligi ko'rinib turdi. CSKA raqib darvozasi oldiga 20-daqiqadan keyin bordi. O'shanda Fayzullaev gol urishi mumkin edi, ammo unga xotirjamlik etishmadi. U shoshdi va noaniq zarba berdi. O'sha epizodgacha "Spartak" to'pni ushlab o'yin borishini nazorat qilayotgan edi. CSKAga nima bo'lganini esa bilmayman. 1-bo'lim oxirida esa Bongonda o'z so'zini aytdi. Abaskal ("Spartak" sobiq ustozi Gilermo Abaskal) o'z vaqtida uni zaxiraga o'tqazib qo'ygandi. Endi esa Bongonda ikkinchi o'yinda hal qiluvchi golni urmoqda", - dedi Mostovoy.
Eslatib o'tamiz, Rossiya chempionati 14-turi doirasida CSKA o'z maydonida "Spartak"ka mag'lub bo'ldi. Hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 64-daqiqada zaxiraga olingan edi. Ushbu o'yindagi g'alabadan keyin "Spartak" ochkolari sonini 25 taga etkazib oldi va jadvalda aynan CSKAni quvib o'tgan holda 5-o'ringa chiqib oldi. Fayzullaev jamoasi esa 24 ochko bilan 6-pog'onaga tushdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar