"Mixed zone". Ulug'bek Hoshimov: "O'yinimiz chiqmadi" deyish xato bo'ladi"
02 iyu 2022 10:34
Yangiliklar
"Mixed zone". Ulug'bek Hoshimov: "O'yinimiz chiqmadi" deyish xato bo'ladi"
Uchrashuvdagi yagona gol muallifi Ulug'bek Hoshimov mikst-zonada bir nechta savollarga javob qaytardi.
- O'yin haqida
- Birinchi o'yinda har doim qiyin bo'ladi. SHunga qaramasdan, o'z o'yinimizni ko'rsatdik. Ko'rganingizdek, g'alaba qozondik. Xudo xohlasa, bundan keyingi o'yinlarda ham muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashini kutib qolamiz.

- Bilamizki, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bundan ham yaxshi o'ynay oladi. Bugun nima etishmadi deb o'ylaysiz?
- "O'yinimiz chiqmadi" deyish xato bo'ladi. Baribir birinchi uchrashuv qiyin o'tadi. Bundan keyingi o'yinlarda yaxshiroq harakat qilishga intilamiz.
- Timur Kapadze sizga nimalarni uqtirdi? Maydonga tushgach, o'yinni kuchaytirdingiz...
- Gol bo'lmadi. Murabbiy gol urilishini xohladi, men ham. O'yin yaxshi o'tdi. Hamma xursand bo'ldi deb o'ylayman.
- Bu 3 ochko siz uchun nimani anglatadi? Keyingi turda Qatar bilan o'ynaysizlar. Nimani kutyapsiz?
- Hamisha g'alaba qozonishga harakat qilib kelganmiz. Maqsadimiz – Osiyo Kubogida 1-o'rinni olish. Bundan tashqari, Olimpiadaga chiqishni mo'ljallaganmiz. Bugun 3 ochkoga ega bo'ldik. Qatarni ham engib, chempionlik sari olg'a boramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar