"Mixed zone". SHarafjon Solihov: "Tojikiston uchun bu musobaqa katta tajriba bo'ldi"
10 iyu 2022 14:36
Yangiliklar
"Mixed zone". SHarafjon Solihov: "Tojikiston uchun bu musobaqa katta tajriba bo'ldi"
Tojikiston U-23 terma jamoasi U-23 Osiyo kubogidagi ishtirokini yakunladi.
Uchinchi turda Yaponiya U-23 jamoasiga qarshi maydonga chiqqan qo'shnilarimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so'ng Tojikiston U-23 futbolchisi SHarafjon Solihov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Musobaqa tashkiliy tomondan yaxshi o'tdi. Biz qiyin guruhga tushgan edik. Qo'limizdan kelgancha raqiblarga qarshilik ko'rsatishga harakat qildik, deya olaman. Garchi o'yinlarda mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, o'zimiz uchun katta tajriba orttirdik. Kuchli raqiblar bilan o'yinlardagina xatolarimizni ko'rib olamiz. Turnir shu tomonlama foydali bo'ldi",- deydi SHarafjon Solihov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar