"Mixed zone". Saidazamat Mirsaidov: Qatar jamoasi o'yin uslubini chuqur o'rganib chiqdik
04 iyu 2022 23:29
Yangiliklar
"Mixed zone". Saidazamat Mirsaidov: Qatar jamoasi o'yin uslubini chuqur o'rganib chiqdik
Bugungi Qatar ustidan qozonilgan ajoyib g'alabadan so'ng jamoamiz himoyachisi Saidazamat Mirsaidov o'z fikrini bildirib o'tdi.
Hammani g'alaba bilan tabriklayman. Qatar jamoasi o'yin uslubini chuqur o'rganib chiqqandik. Murabbiyning ko'rsatmalarini to'g'ri bajarib, ajoyib g'alabani qo'lga kiritdik.
Birinchi o'yinga nisbatan ikkinchi o'yinda nimalar o'zgardi? Aslida kuchli hisoblangan Qatar yirik hisobda mag'lub etildi.
- Birinchi o'yinda Turkmaniston terma jamoasi chuqur himoyada o'ynadi. SHu sababli ham ularni himoyasini yorib o'tish qiyin bo'ldi.
Birinchi bo'limda zaxiraga olindingiz. Bunga yaqinda jarohatdan qutilib chiqqaningiz sabab bo'ldimi?
- Zaxiraga olinganimning sababi birinchi bo'limda oyog'imga qattiq zarba berildi. SHundan so'ng ozgina og'riq sezildi. SHu sababli ham murabbiylardan meni o'zgartirishlarini so'radim.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar