So’nggi yangiliklar

18:00U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай U-17 – Ўзбекистон U-17 0:1 (Матнли трансляция)  28 17:30Про лига. "Олимпик-MobiUz" - "Локомотив" 0:1  0 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  1 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  1 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  20 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  11 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  7 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  10 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  43 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   37

Saidazamat Mirsaidov: “Navbahor”ga sovrin yutish uchun kelganman” Yangiliklar

Saidazamat Mirsaidov: “Navbahor”ga sovrin yutish uchun kelganman”

Yozgi transfer oynasida "Navbahor"ga o'tgan Saidazamat Mirsaidov "lochinlar" saytiga intervyu berdi.

– Assalomu alaykum! Saidazamat, avvalo jamoamizga xush kelibsiz!

– Vaalaykum assalom! Rahmat!

– “Navbahor”ga o'tishingiz qanday sodir bo'ldi? Jamoaga sizni kim taklif qildi?

– “Navbahor” klubidan menga joriy yil boshidan qiziqish bor edi. O'zimda ham mazkur jamoadan taklif bo'lgach, “Navbahor”da o'ynashga qiziqish uyg'ondi. Boisi, klub o'z oldiga yuksak maqsad,  yani, chempionlik unvoni qo'lga kiritish maqsadini qo'ygandi. Birinchi davra bahslari yakunlanib, davralar oralig'idagi tanaffus yuzaga kelgach, klub vice-prezidenti Otabek Arifovich Samatovning taklifiga binoan, jamoa tarkibiga qo'shildim.

– Jamoamiz safiga qo'shilib, mashg'ulotlarda ham qatnashishga ulgurdingiz. Dastlabki taassurotlar qanday?

– “Navbahor”da meni yaxshi kutib olishdi. Jamoada ichki muhit ham alo darajada ekan. Tarkibga yaqinda ko'shilgan bo'lsam ham, o'zimni yaxshi his qilyapman. Mashg'ulotlar  alo darajada va qiziqarli tarzda kechmoqda.

–  Jamoaga moslashish qiyin kechmayaptimi?

– Yo'q. Sababi, tarkibdagi deyarli barcha futbolchilar mening futboldagi akalarim desam, mubolag'a bo'lmaydi. Ayrimlari bilan birga to'p tepgan bo'lsam, bazilari bilan terma jamoada birga mashg'ulotlar olib borganman. Ular menga jamoaga moslashish jarayonida yordam berishmoqda.

– Parij - 2024 Olimpiadasi taassurotlari bilan o'rtoqlashsangiz...

– Olimpiadada kutilgan natijaga erisha olmadik. Buning esa o'ziga xos obektiv hamda subektiv sabablari bor. Jumladan, tashkilotchilikda ham kamchiliklar etarlicha bo'ldi. Har kuni qiyinchilikka duch keldik, O'n besh daqiqalik yo'lga bir  soatda etib borar edik, shuningdek, taomlarga ham moslashish qiyin bo'ldi. 

– Olimpiadada ijobiy natija qayd etib, “pley-off” bahslariga yo'llanmani qo'lga kiritishinglarga ko'pchilik ishongandi. Ammo guruh bosqichi o'yinlari olimpiyachilarimiz uchun omadsiz yakunlandi. Sizningcha, yaxshi natijaga erishish uchun jamoaga nima etishmadi, deb o'ylaysiz?

– Terma jamoamiz kuchli guruhdan joy oldi. Guruhimizdagi jamoalarning yarim finalgacha etib borganligi buni isbotlab turibdi. Bu ularning qanday kuchga ega ekanligidan dalolat. Biz ham raqiblarga qarshi tengma – teng kurash olib bordik. Faqat hujumlar o'z yakuniga etmadi.

Menimcha, jamoamiz ham guruhdan chiqishni uddalaganida, o'ylaymanki, biz ham yarim finalgacha etib borar edik. Ammo taqdir ekan, guruh bosqichidan keyin, musobaqani yakunlashga majbur bo'ldik.

– “Navbahor”ning O'zbekiston kubogi va Superligadagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

– Jamoa tarkibidan yaxshi futbolchilar joy olishgan. “Navbahor” klubida futbolni tushunadigan, sevadigan rahbarlar faoliyat olib borishadi. Rahbariyat tomonidan jamoaning ijobiy natijasi uchun hamma sharoitlar yaratib berilgan. Murabbiylar shtabidan ham yaxshi mutaxassislar o'rin olishgan. Yana bir ahamiyatli tomoni, “Navbahor” muxlislari ham futbolni sevishadi, hatto mashg'ulotlarga ham kelib, futbolchilarni olqishlab turishar ekan.

Menimcha, shunday sharoit va muhitga yarasha, O'zbekiston kubogini qo'lga kiritishimiz zarur. “Navbahor”ga sovrin yutish uchun kelganman.

Xudo xohlasa, ushbu niyatim amalga oshadi.

– So'nggi so'z o'rnida fikrlaringiz...

– “Navbahor” jamoasi azolari hamda muxlislariga meni iliq tarzda kutib olishgani va qo'llab-quvvatlab turishgani uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Ayniqsa, ishqibozlarga shunchalik futbolni sevib, jamoaga kelganimning ilk kunidanoq ishonch bildirishgani uchun katta rahmat aytaman.

Bunday muxlislar g'alabalarga loyiqlar. SHu bois, biz chiroyli o'yinlarimiz bilan ularni xursand qilishni niyat qilganmiz.

Maqsadimizni amalga oshirish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика