So’nggi yangiliklar

12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  0 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  4 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  19 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0

"Mixed zone". Jasur Jaloliddinov: "Hech qaysi raqibdan qo'rqmaymiz" Yangiliklar

"Mixed zone". Jasur Jaloliddinov: "Hech qaysi raqibdan qo'rqmaymiz"

U-23 Osiyo chempionatining 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Turkmaniston (1:0) uchrashuvidan so'ng futbolchilarimiz fikrlarini bildirdi.

Yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov maxsus mikst-zonada o'yin borasidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.


"Uchrashuv qiyin bo'lishini bilgan edik. Ikkinchidan Turkmaniston himoyadan o'yin tashkil qilishi kutilgandi. Bunga tayyor edik. Bilasiz, birinchi uchrashuv doim qiyin o'tgan. Birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalanganimizda yanada osonroq bo'lardi, deb o'ylayman. Muhimi turnirni g'alaba bilan boshlash. Xudo xohlasa navbatdagi bahslarda bundan ham yaxshi harakat qilamiz. CHunki barchamiz uchun ilk Osiyo kubogi hisoblanadi. SHunday ekan g'alabali yurishimizni davom ettirishimiz kerak",- deydi Jasur Jaloliddinov.

 


- Ochig'i bu o'yindan ko'p narsa kutilgandi. Balki bosim to'sqinlik qilgandir...

- Futbolda 6:0ga ham, 1:0ga ham 3 ochko beriladi. Turkmaniston futbolchilari chuqur himoyalanishdi. Agar tezkor gol urganimizda hammasi o'zgarib ketardi. 

- Qisqa vaqtda terma jamoa Qatar bilan o'yinga tiklanishga ulguradimi?

- Avvalo tiklanishga, keyingi kun esa o'yindan oldingi mashg'ulotga etibor qaratamiz. 

- Guruhdagi raqiblarimiz o'zaro durang o'ynashdi. Bu bizga qanchalik engillik beradi?

- SHuning uchun ham g'alaba zarur edi. Ayni paytda birinchi o'rindamiz. Hech qaysi raqibdan qo'rqmaymiz. Saudiya Arabistoni bilan ham tengma-teng o'ynagan paytimiz bo'lgan. Qaysidir terma jamoani ajratib ko'rsata olmayman. 

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика