"Mixed Zone". Benjamin Devis: "Bugungi o'yinimdan qoniqdim"
03 iyu 2022 02:07
Yangiliklar
"Mixed Zone". Benjamin Devis: "Bugungi o'yinimdan qoniqdim"
O'yindan so'ng Tailand jamoasi etakchisi Benjamin Devis bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Uyin haqida fikringiz...
- Bugungi uyindan mamnunman chunki bugungi bir ochko keyingi bosqichga chiqishimizga imkoniyat beradi.
- Keyingi raqib Malayziya...
- Ha, o'yingacha yana ikki kun vaqtimiz bor. Bu vaqt ichida biz tiklanib, hatolarimizni ko'rib chiqishimiz lozim. Malayziyaga qarshi o'yinda borimizni berib, yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz.
- Sizningcha uyindagi qaysi vaziyat hal qiluvchi bo'ldi?
- O'ylashimcha 90-daqiqadagi gol o'yinni hal qildi.
- Bugungi uyin Malayziyaga qarshi o'yiningizga qanday tasir qiladi?
- Hech qanday tasir kursatmaydi. CHunki orada 2 kuni bor. O'z ustimda ishlab, yanada yaxshiroq uyin ko'rsatish niyatidaman.
- O'yinga qo'shilishingiz bilan gol urdingiz. Maydonga tushayotgan paytingiz murrabiy nima dedi?
- Murabbiy shunchaki maydonga tushib, o'yinga tasir qilishga harakat qilishimni aytdi.
- Bugungi o'yiningizdan qoniqdingizmi?
- Ha, albatta, ammo har doim o'sish uchun menda ishtiyoq va xohish bor.
- Maydon holatini qanday baholaysiz?
- Maydon ajoyib holatda va futbol uynash uchun barcha sharoit bor.
Uchqun Azimov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar