"Real" Modrich va Vaskes bilan shartnomani uzaytiradi, ammo juda qisqa muddatga
01 may 21:35
Yangiliklar


"Real" Modrich va Vaskes bilan shartnomani uzaytiradi, ammo juda qisqa muddatga
Qirollik klubi ikki futbolchisi bilan shartnomani bitta turnir uchun uzaytirmoqchi.
"Real"ning 39 yoshli yarim himoyachisi Luka Modrich va 33 yoshli o'ng qanot himoyachisi Lukas Vaskesning klub bilan shartnomasi 30 iyunda tugaydi, ammo ular shartnomalarini klublar o'rtasidagi jahon chempionati yakuniga qadar (15 iyul) uzaytiradi. Bu haqda AS xabar bermoqda.
Manba malumotiga ko'ra, ikkala futbolchi ham La Liga yakunlangach, Ispaniya grandi rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazadi va unda mehnat shartnomalari muddatini yana ikki haftaga cho'zish bo'yicha kelishib oladi. Takidlanishicha, Modrich va Vaskes uchun shartnomani to'liq mavsumga uzaytirish biroz qiyin masala. Ayniqsa, bu Lukas Vaskesga taalluqli, chunki uning o'rniga "Real"ga Trent Aleksander-Arnold kelishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar