"Mixed zone". Abdurauf Bo'riev: "O'zimizni muxlislarsiz o'ynagandek his qilmadik"
16 iyu 2022 19:57
Yangiliklar
"Mixed zone". Abdurauf Bo'riev: "O'zimizni muxlislarsiz o'ynagandek his qilmadik"
Yarim final bahsida yaponiyalik tengqurlariga imkoniyat qoldirmagan futbolchilarimiz bosh sovrin uchun Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi bilan kurash olib borishadi. Biz bu borada yarim himoyachimiz Abdurauf Bo'rievning fikrlarini tingladik.

"Yaponiya har tomonlama kuchli jamoa edi, lekin omad bizga kulib boqdi. Kecha ikki jamoa ham bosim qildi. Bunday paytda ko'proq aqlga tayanib ish tutish kerak. Baribir himoyadan oldinga o'tishda qiynaldik. Kichik paslar bilan yorib o'tish oson emasdi.
O'zimizni muxlislarsiz o'ynagandek his qilmadik. Tashqaridan hayqiriqlari eshitilib turdi.
Saudiya Arabistoni bilan o'yinga qadar tiklanishga harakat qilamiz. Ulardan yuz foiz alamimiz bor. Raqib bunga tayyor tursin. Xudo xohlasa, bosh sovrinni O'zbekistonda olib qolamiz", – dedi Abdurauf Bo'riev.
Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi 19 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar