So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   47 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Mirjalol Qosimov: "Osiyo o'yinlariga boradigan uchta yoshi katta futbolchi malum" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Osiyo o'yinlariga boradigan uchta yoshi katta futbolchi malum"

Xabaringiz bor, shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida Janubiy Koreyaning Incheon shahrida Osiyo O'yinlari bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqaning futbol musobaqalarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar ishtirok etishi belgilangan. Undan tashqari har bir jamoa safida uch nafardan yoshi katta futbolchi qatnashishi mumkin.

Olingan malumotlarga ko'ra, mana shu uchta futbolchi nomi malum bo'lgan.

Terma jamoa ustozi Mirjalol Qosimov bu borada o'z fikrlarini bildirdi: "Haqiqatdan ham Osiyo o'yinlariga boradigan uch nafar yoshi katta futbolchini aniqlab oldik. Bular "Lokomotiv" himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev, "Al SHabab" yarim himoyachisi Aziz Haydarov va "Seongnam" vakili Server Jeparov. Hozirga qadar To'xtaxo'jaev bilan yakuniy kelishuvga erishib bo'ldik. Bilasiz, Haydarov va Jeparov legioner hisoblanishadi. SHu bois barcha gap ularning klublarida qoldi. Musobaqa FIFA kunlari vaqtida bo'lmaydi, shu bois klublar futbolchilarimizni qo'yib yubormasliklari ham mumkin".

Eslatib o'tamiz, Ozarbayjon va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 20 avgust kuni Bokudagi "Bakcell Arena" stadionida bo'lib o'tadi. Tomonlar kelishuvga ko'ra bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика