So’nggi yangiliklar

14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  2 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  2 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  0 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  1 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   3 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  2 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  3 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  10 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12

Mirjalol Qosimov: "Oldimizdagi ikki o'yin biz uchun juda kerak" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Oldimizdagi ikki o'yin biz uchun juda kerak"

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi mart oyining so'nggi kunlarida Janubiy Koreya va Yaponiyada ushbu davlat milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
SHu bois bugun terma jamoamiz Toshkentda yig'ildi va dastlabki mashg'ulotni o'tkazgani haqida xabar berdik.

Mashg'ulotlardan so'ng bosh murabbiy Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Ikkita o'rtoqlik uchrashuvidan oldin Toshkentda yig'ildik. Server Jeparov va Anzur Ismoilov Koreyaning o'zida jamoaga qo'shilishadi. "Nasaf" va "Olmaliq"dan chaqirilgan 4 nafar futbolchi ertaga ihtiyorimizga etib kelishadi.

- Aleksandr Merzlyakovning jarohati jiddiy emas. U safarga biz bilan birga ketadi. Vitaliy Denisovni bu safargi yig'inga chaqirmadik. Uning o'rnida Merzlyakovni sinab ko'ramiz.

-  Koreya va Yaponiyaga qarshi o'yinlar biz uchun juda muhim. Sababi iyun oyida JCH-2018 saralashidagi ishtirokimizni boshlaymiz. Bundan keyin FIFA kunlari bo'lmaydi. SHu bois imkoniyatdan unumli foydalanib ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib olamiz.

- Abdukarim Muhamedovni yig'inga chaqirishga qaror qildim. Sababi u yosh va qobiliyatli posbon. Lekin bu degani ertaga maydonga tushadi degani emas, asta-sekin terma jamoa muhitiga o'rgatib boramiz. Masalan, Islom To'xtaxo'jaevni ham o'z vaqtida hech kim tanimagan. U oliy ligada o'ynamay turib termada debyut qilgan. Yoki bo'lmasa SHohruh Gadoevni olaylik. Yoshlarga ishonch bildirish vazifamiz. Ular esa mehnat qilishda davom etishlari lozim.

- Ertaga ertalab yana bir mashg'ulot o'tkazamiz. Kechqurun esa Janubiy Koreyaga uchib ketamiz.


Narzulla Saydullaev yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика