So’nggi yangiliklar

17:30Про лига. "Арал" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:22Варди фаолиятини А Серияда давом эттирадими?  4 16:35Абдулла Бўриев: "Иккинчи даврада таркибимизга легионер қўшиб олишимиз мумкин, янги мавсумда ҳаммага кураш тақдим қиламиз"  0 16:12Денис Иванков: "Дарвозабонлар муаммоси бугун пайдо бўлиб қолмади"  0 15:54Ҳали қайдномага ҳам кириб улгурмаган "Насаф" легионери сафдан чиқди  11 15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  4 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  3 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   3 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   4 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  8 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4

Mirjalol Qosimov: "Qiziqarli va murosasiz o'yin bo'ldi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Qiziqarli va murosasiz o'yin bo'ldi"

Superliganing 11-turidan o'rin olgan AGMK - "Neftchi" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiziqarli va murosasiz o'yin bo'ldi. Muhimi, kerakli 3 ochkoni qo'lga kiritdik. Superligada oson o'yin qolmagan. Garchi "Neftchi" jamoasi jadvalda pastki o'rinlarda bo'lsada, jamoa ancha shakllangan va kuchli raqib. Yaxshi futbolchilar yig'ilgan, tajribali murabbiyga ega. Biz bugungi bahsda o'z imkoniyatlarimizdan foydalandik. O'ylashimcha, haqli ravishda g'alaba qozondik. O'yin davomida futbolchilardan tezroq harakatlanishni so'ragandim. SHu tufayli oddiyroq vaziyatlarda ko'proq to'p yo'qotdik. Raqib ham yaxshigina qarshilik ko'rsatdi. Bugun hech bir jamoa yomon o'ynamadi. Xususan jamoamiz ham yaxshi harakatlandi. Ochiq, hujumkor futbol bo'ldi. SHu o'rinda muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Buyog'iga jamoa kichik tatilga chiqadi. Keyinchalik mavsumning qolgan qismiga tayyorgarlikni davom ettiramiz.

Futbolda kutilmagan va qiziqarli holatlar ko'plab uchrab turadi. Kasyan va Siya ajoyib imkoniyatlardan foydalana olmadi. Men ulardan bugun tezroq harakatlanishni talab qilganim tufaylimi, balki ular yuzaga kelgan imkoniyatlarni tezda hal etishga shoshilishgani ham vaziyatlarni golga aylantirishda pand bergan bo'lishi mumkin. Gollarimiz mehnat evaziga, qiyinchilik bilan yuzaga keldi. Birinchi goldan keyin esa o'z darvozamizdan osongina to'p o'tkazib yubordik. Bu ham birinchi marta sodir bo'layotgani yo'q. Yigitlar konsentraciyani yo'qotishdi. Biz ulardan diqqatni jamlashni talab qilamiz. O'sha gol ruy bergan vaziyatda futbolchini yarim himoyachilarimizdan hech kim kutib olmadi. Futbolda esa bunday gollar bazan uchrab turadi. O'z oldiga katta maqsad qo'ygan jamoa bunday etiborsizlikka yo'l qo'ymasligi kerak. Qolaversa, jamoamiz futbolchilari ketma-ket jarohat olishi kuzatildi. O'tgan o'yinda Alisher Jalilov, kecha Dilshod Ahmadaliev va Jizzax bilan o'yinda Sanjar Tursunov keskin to'qnashuvda jiddiy jarohatlangandi. Yuzaga keladigan tanaffusda ular safga qaytishadi, degan umiddaman.  

Superligadagi to'xtalish yuzaga kelmoqda. CHunki FIFA kunlari tufayli bu sodir bo'lmoqda. Fursatdan foydalanib, Osiyo chempionatiga qatnashadigan Temur Kapadze boshqaruvidagi O'zbekiston Olimpiya terma jamoasiga, Osiyo Kubogi saralashida ishtirok etadigan O'zbekiston Milliy jamoasi va OFK kubogida qatnashadigan "So'g'diyona" jamoalariga omad tilab qolaman. Ular yurtimiz sharafini himoya qilishadi va biz ularga muxlislik qilamiz. Iyun oyida garchi chempionatda tanaffus yuzaga kelsada, o'zbek futboli uchun muhim musobaqalar bo'ladi. Xalqaro maydondagi bahslarda har uchala jamoamizga omad yor bo'lsin", - deya Mirjalol Qosimov matbuot anjumanidagi fikrlarini yakunladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика