So’nggi yangiliklar

00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  0 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  2 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  2 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  13 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  16 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  1 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  60 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  12 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  23 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  49 20:03Суперлига. ОКМК навбатдаги камбекни Қўқонда амалга оширди  70 19:42"Барселона" Япония ва Кореяда мавсумолди турне ўтказади  2 19:20"Манчестер Юнайтед" ЕЧЛнинг энг яхши дарвозабонларидан бирини нишонга олди  2

Mirjalol Qosimov: "Irodali g'alabalarning siri yo'q" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Irodali g'alabalarning siri yo'q"

Superliganing 9-turida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Asabiy o'yin bo'ldi. Oldin ham aytganman, vodiyda, shu jumladan, Qo'qonda futbol o'ynash oson emas. Raqib birinchi bo'limda yaxshi o'yin namoyish qildi va hisobda oldinga chiqib oldi. Lekin shunga qaramasdan yigitlarim irodali g'alabaga erishdi. Buning uchun futbolchilarimga minnatdorligimni bildiraman. Qo'qonda "Qo'qon-1912"ga qarshi o'ynash doimo qiyin kechgan. G'alabadan xursandman.

- OKMK so'nggi paytlarda irodali g'alabalar qayd etmoqda. Zaxiradan tushayotgan futbolchilar o'yinni kuchaytiryaptimi yoki boshqa siri bormi?

- Yo'q, buning siri yo'q. Maydonga tushayotgan futbolchilarimning maqsadi bitta - chiroyli o'yin ko'rsatish, muxlislar uchun o'ynash. Shogirdlarimning har biri o'yinga o'z hissasini qo'shishni istashadi.

- Nima deb o'ylaysiz futbol hakamligi saviyasini oshirish uchun futbolchilik faoliyatini yakunlagan futbolchilardan hakam tayyorlaydigan kurs ochish kerak emasmikin? Nikita Mustafin, Rustam Lutfullin, Asker Najafaliev kabi hakamlar oldin futbol o'ynamagan. Futbol o'ynaganlar esa qanday qarorlar chiqarish kerakligini biladi. Shu taklifga qanday qaraysiz?

- Savol uchun rahmat. Menimcha O'zbekistonda futbol o'ynamagan erkak kishi bo'lmasa kerak. Hamma futbol o'ynagan, lekin ayrim sabablarga ko'ra futbolni jarohat yoki boshqa sabab bilan davom ettira olmagan. Ular futbol maktablariga borgan bo'lishi mumkin. Hozir eshitishimga qaraganda hakamlar akademiyasi ochilgan, bu borada ham oldinga qadam tashlangan. Bu kelajakda o'z samarasini beradi va yaxshi hakamlar chiqadi. Aynan qaysi sabab bilan bu savolni berganingizni tushunmadim. Hakam o'yin davomida tizginni qo'lidan chiqarib yuborishi kerak emas. Ular uchun alohida rahbarlar, hakamlarni nazorat qiladigan qo'mita, ularga ham o'rgatadigan ustozlari bor. Ular ham issiq jon, bu hayotda Parvardigordan boshqa hamma xato qiladi. Faqatgina ishlamagan odam xato qilmaydi. Shu sababli men hakamlarga, hatto raqib futbolchilariga ham baho bera olmayman, o'z jamoamdagi futbolchilarni baholashim mumkin. Futbolchilar va hakamlar qanchalik ko'p chiqsa, biz faqatgina xursand bo'lamiz. Xalqaro maydonlarda ular hakamlik qilishsa, bayrog'imiz yuqoriga ko'tariladi, ularga muxlislik qilib biz ham o'yinlarni tomosha qilamiz.

- "Qo'qon-1912" goli vaqtida darvozabon to'pga chiqishda xatolikka yo'l qo'ydi. Bu holatga fikringiz qanday?

- Darvozabonlar ham shunday o'yinlar orqali toblanib boradi. Hozir aytganimdek, har bir inson xato qiladi. Bungacha ham u xatolar qilgan. Bir-ikki vaziyatda u himoyachilar oldiga chiqishi kerak edi. Bunday holat yana bir marta sodir bo'ldi. Bu narsa unga signal bo'lishi kerak edi. Barcha futbolchilar shunday o'yinlardagi xatolarini hulosa qilishi orqali, keyingi bahslarda bartaraf etishga harakat qiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+5   
10 may 21:58:29
Xojakbar Xaitov
Бахтиер foydalanuvchining fikriga javob berish
Уйин сотилди100 процент
Нега сотилди уртадаги савдодо алокангиз борми
+2   
10 may 22:00:38
F UZB
ko'ti kuyub yozyotgan komenr egalariga Bobur Mansurovni bitta gapi ........
+1   
10 may 21:38:33
Бахтиёр Ашуров
Миржалол бой бундан кейин. Шогирдларингизни кетига танафусда эмас. Ўйиндан олдин тепишингиз керакка ўхшаябди!
   
11 may 00:22:17
,Хаqiqiy Kazim.
Нозим1983 foydalanuvchining fikriga javob berish
Нега санла мужика ухшаб тан олишни билмисла? Факат йиглаганила йиглаган
Бошашма нозима
   
10 may 23:43:55
Жалоладдин Мухаммадович✈
Бахтиер foydalanuvchining fikriga javob berish
Уйин сотилди100 процент
Сизам борм ўйин олди сотди вақтида
   
10 may 23:20:34
Dilshod Yigitaliyev
ОКМК омад. Бу йил худо хохласа чемпион
   
10 may 22:57:22
Marat Joniqulov
Varinat borda jurnalistlaniyam tayorledigan alohida akademiya ochish kerakmikan maza matra yoqda bironta savolda
   
10 may 22:47:19
Муроджон Болтабойов
Бахтиер foydalanuvchining fikriga javob berish
Уйин сотилди100 процент
Офарин Кандай биласлар сотилганини Андижон билан окмк уйинини курдим уйин 1-3 дан 4-3 булди пеналтини натогри деб айтишди. Энди фудбол курмасак булади. Кеча Андижони уйинини кургим кемади стадиенга хам бормади Водий халки фудболди яахши куради
   
10 may 21:56:20
Bahodirjon Tulakov
Bularni siri Mirjalol Qosimovni tanish bilishchiligida Mirjalol Qosimov xaqiqatda vijdoni bulsa anjan bilan bulgan uchrashuvda qilingan marazlikni xazm qilaolmasdi yana kerilishi ortiqcha
-1   
10 may 22:45:56
Нозим1983
Bahodirjon Tulakov foydalanuvchining fikriga javob berish
Bularni siri Mirjalol Qosimovni tanish bilishchiligida Mirjalol Qosimov xaqiqatda vijdoni bulsa anjan bilan bulgan uchrashuvda qilingan marazlikni xazm qilaolmasdi yana kerilishi ortiqcha
Нега санла мужика ухшаб тан олишни билмисла? Факат йиглаганила йиглаган
-1   
10 may 21:52:33
Бахтиер
Уйин сотилди100 процент
-2   
10 may 21:51:24
Бахтиер
Келишилган уйин
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика