So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  0 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   47 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilarga "Bunyodkor"ning logotipidagi yulduz qaerdan paydo bo'lib qolganini tushuntirish orqali ularni o'zgartirdim" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Futbolchilarga "Bunyodkor"ning logotipidagi yulduz qaerdan paydo bo'lib qolganini tushuntirish orqali ularni o'zgartirdim"

O'zbekiston kubogi chorak final doirasidagi "Bunyodkor" - "Neftchi" (3:1) uchrashuvidan keyin "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Finalga yana bir qadam tashlaganimizdan xursandman. Birinchi bo'lim avvalida uchrashuvni yomon boshlamadik. Ammo futbolda shunday narsa bor, har doim ruhan tayyor turish lozim. Futbolchilarda birinchi uchrashuv natijasi miyalarida qolgani sezilib qoldi va biroz o'yin tizginini qo'ldan chiqardik.
Bugun birinchi taymda bir qator futbolchilarni tanimadim. Ular o'z imkoniyatlari darajasida o'ynay olishmadi. Tanaffusdan esa ular bilan gaplashib oldik va ikkinchi bo'limda vaziyat o'zgardi.

- Muxlislar kamligi o'yin sifatida qanday tasir qiladi?
- Avvalambor futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Birinchi bo'limda ochiq futbol bo'ldi. Biz endi o'z o'yinimizni ko'rsatib ularni stadionga qaytarishga harakat qilamiz.

- Istaysizmi yo'qmi, muxlislar, jurnalistlar uchun Qosimov - Abramov to'qnashuvi mavjud. Siz bu uchrashuvga jamoalarni to'qnashuvi sifatida qaradizmi, yoki Abramov bilan principial bahsga tayyorgarlik ko'rgandekmi?
- Bugungi o'yinga men uchun "Bunyodkor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi sifatida qaradim. Meni bu narsalarni hech qachon qiziqtirmagan. Bu jurnalistlar yoki muxlislar uchun qiziqdir. Barchaning o'z fikri bor.

- Jamoani juda qiyin holatda qabul qilib olgandiz. Hozir esa jamoa ancha o'zini o'nglab oldi. SHu o'tgan vaqt mobaynida siz aynan nimaning hisobiga vaziyatni yaxshi tomonga o'zgartira oldingiz?
- Avvalo futbolchilar bilan aloqani kuchaytirdim. Aloqa orqali jamoani o'zgartirdim. Ularga kerakli maslahatlar, qaerda xato va kamchiliklarga yo'l qo'yishayotgani haqida tasvirlar orqali tushuntirdim. SHunchaki quruq gap orqali ularga buni tushuntirish qiyin bo'lardim. Eshitib, keyin qulog'idan chiqib ketishi mumkin. SHunga urg'u berdim. Keyin esa "Bunyodkor"da o'ynayotgani, bu jamoa sharafini himoya qilayotganda masuliyat bilan o'ynash kerakligini takidladim. Ko'kragidagi klub logotipi va undagi bir yulduzcha o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaganini tushuntirdim. Buning zamirida nafaqat ularni yoki klubni, boshqa o'ynab ketgan va shu jamoaga jon kuydirgan bir qator insonlarni mehnati singanini tushuntirdim. Ularni miyasiga shu narsani singdirishga urindim. Qaysi jamoada o'ynayotganini va jamoa shanini to'liq his etishi uchun ularga buni yaxshi tushuntirishga harakat qildim.

- Avgust oyida terma jamoamizni muhim o'yin kutib turibdi. SHu munosabat bilan terma jamoa bosh murabbiyi Babayan sizga bazi futbolchilarni bu poziciyada emas, boshqa nuqtada, yoki bu futbolchini to'liq emas, balki bir taym o'ynatishni so'rasa qanday yo'l tutasiz?
- Biz terma jamoaga futbolchi etkazib beramiz. Istagan futbolchisini chaqirishi mumkin. Lekin "Bunyodkor"ni o'z yo'nalishi va maqsadi bor. Masalan Gazzaev yoki Mourinyuga biror murabbiy shu talabni qo'ya olarmikan yoki ular bunga qanday javob qaytararkin? "Bunyodkor"dan xohlagan futbolchini taklif etishlari mumkin. Ammo "Bunyodkor"ni o'z yo'nalishi bor va bizlarni ham hurmat qilishlari kerak.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика