So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Mirjalol Qosimov: "Bazida ishtiyoq va shijoat birinchi o'rinda bo'ladi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bazida ishtiyoq va shijoat birinchi o'rinda bo'ladi"

Coca Cola Superligasi 3-turida "Bunyodkor" mag'lub etilganidan keyin AGMK ustozi Mirjalol Qosimov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun bir-biriga munosib bo'lgan ikki jamoa harakat qildi. Qiziqarli, shiddatli va kurashlarga boy o'yin bo'ldi deya olaman. Albatta, bundan muxlislar yutdi deb o'ylayman va fursatdan foydalanib, ularga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarning shunday qo'llab-quvvatlab turishini inobatga olib, futbolchilarimga yuqori kayfiyatda o'ynash kerakligini aytgandim. Haqiqatdan ham, birinchi va ikkinchi turlarda ilk daqiqalardan bunday o'yin ko'rsata olmagandik.

Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. Texnik, jismoniy tayyorgarlik ham bazida ikkinchi planga tushib, ishtiyoq va shijoat uning o'rnini egallamoqda. Yutganimizdan xursandman, endi keyingi o'yinlarda ham shunday harakat qilishimiz kerak.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Hojimat Erkinov o'zini oqladi va gol urdi. U haqida nima deya olasiz?
- Maydonga tushgan barcha futbolchilarning o'ziga belgilangan vazifalari bor edi. Hojimat ham o'yinga tushdi va jamoaning g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

 

- Elguja Grigalashvili hamda Mate Vadsadzening jarohati haqida nima deya olasiz?
- Vatsadze Jizzaxda tizzasidan jarohat olgan. U yaqinlashib kelayotgan o'yinlarga tayyor bo'la olmaydi. Elguja esa shamollab qoldi va 1 hafta uyida bo'ldi. Unga tuzalib olishi uchun vaqt kerak. Har doim futbolchining sog'ligi birinchi o'rinda turadi. O'yin esa juda ko'p bo'ladi. Uning jismoniy holatini yaxshilab, keyingi o'yinlarga tayyorlaymiz va u jamoaga yordam beradi degan umiddaman.

- Koronavirus tufayli ko'plab chempionatlar qoldirilmoqda. Balki xavfsizlik yuzasidan bizning chempionatni ham qoldirish kerakdir...
- Hozir menda bu borada statistika yo'q. Agarda, vaziyat taqozo qilsa, buni amalga oshirish kerak. Zero bunday pallada futbol 2-o'ringa tushadi. Asosiysi sog'liq, buni hurmat qilish kerak.

- Sizning ajoyib principingiz bor. Sobiq jamoangizga qarshi o'yinlarda o'sha jamoadan o'tgan futbolchilarni asosiy tarkibda tushirasiz. Bugun masalan Toshmatov sobiq jamoasi darvozasini ishg'ol qildi.
- Men bunday demagan bo'lardim. Murod ham Hojimatga o'xshab, o'z vazifasini bajardi. Futbolchilar gollarga chanqoq bo'lishi kerak.CHunki gol urmasang, yutmaysan. Sanjarda ham vaziyat bo'ldi, lekin foydalana olmadi. Futbolda baribir kimdir gol urishi kerak-ku. Buni atayin shunday bo'ldi deya olmayman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика