So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Mirjalol Qosimov: "Bunday ob-havoda nafaqat futbol o'ynash, balki ko'chada yurish ham qiyin" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bunday ob-havoda nafaqat futbol o'ynash, balki ko'chada yurish ham qiyin"

Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" o'yini (2:1)dan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etgan "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'ylaymanki, bugungi o'yinni tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislar yaxshi kayfiyatda uyga qaytishdi. CHunki, ikkala jamoa ham hujumkor va shiddatli o'yin namoyish etib berdi. Futbolchilarimiz ko'rsatgan o'yin va uchrashuv natijasidan ko'nglim to'ldi. Ularga rahmat aytmoqchiman. 

Muhim uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. Oson bo'lmagan o'yinda irodali g'alabaga erishdik. Har bir o'yinda qiyinchilikka duch kelyapmiz. Xuddi shunday holat boshqa jamoalarda ham ko'zga tashlanyapti. 

Ustiga-ustak kunning juda ham issiq bo'layotgani ham o'z tasirini o'tkazmay qolmayapti. Bunday ob-havo sharoitida nafaqat futbol o'ynash, balki ko'chada yurish ham qiyin. Mutaxassislar xatto ko'chaga chiqmaslikka ham chaqirishyapti. O'zi odatda iyul oyida davralar oralig'idagi tanaffus bo'lardi. JCH-2018 sabab bu tanaffus iyun oyiga to'g'ri keldi. 

Fursatdan foydalanib, jamoamiz, sportchilar va o'z nomimdan muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevni bugungi tavallud ayyomlari bilan muborakbod etaman. Yurtimiz ravnaqi yo'lida olib borayotgan islohotlarida kuch-quvvat tilayman", - dedi M.Qosimov.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика