So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  1 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  1 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Mirfayz Muhiddinov: "Lokomotiv" kuchli, ammo futbolda mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q" Yangiliklar

Mirfayz Muhiddinov: "Lokomotiv" kuchli, ammo futbolda mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q"

"Buxoro” - “Lokomotiv” uchrashuvi oldidan Yoshlar ligasi doirasidagi o'rinbosarlar bahsida (2:2) mezbonlar jamoasi safida faol ishtirok etib ikkinchi golga mualliflik qilgan Mirfayz Muhiddinovning mazkur o'yin hamda oliy liga doirasidagi o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- O'yin juda keskin o'tdi. Garchi maydonga yoshlar tarkibi tushgan bo'lsa-da bu “Lokomotiv” jamoasi edi. O'ylaymanki murakkab jamoaga qarshi yaxshi bahs o'tkazdik. Qolaversa, birinchi davrada o'rinbosarlar o'yinida ushbu jamoani yutganimiz uchun ham o'zimizga bo'lgan ishonch yuqori edi. SHu bois butun o'yin davomida ustunlikni o'z qo'limizda saqlab turdik. Faqatgina qo'shib berilgan vaqtning so'nggi soniyalarida xotirjamlikka berildik shekilli gol o'tkazib yubordik. Bu paytda nazarimda vaqt ham tugab bo'lgandek tuyulgandi. Qolaversa “Loko” gol urishi bilan final hushtagi chalindi.

Ammo nima bo'lganda ham biz yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatdik. O'rinbosarlar bahsida ham natijaga emas, futbolchilar o'yin sifatiga ko'proq etibor qaratiladi deb o'ylayman.

Ertangi o'yin? To'g'ri “Lokomotiv” kuchli jamoa, ayni paytda turnir etakchisi. Ammo futbolda mag'lub bo'lmaydigan jamoa yo'q. Akalarim o'z o'yinlarini namoyish etishsa nasib etsa albatta g'alaba qozonamiz, - deydi Mirfayz Muhiddinov.


"Buxoro" matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика