So’nggi yangiliklar

21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  0 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  0 20:18"Ғазалкент" 13 нафар футболчи билан шартнома тузилганини эълон қилди, улар орасида Ўзбекистон U-18 терма жамоаси аъзоси ҳам бор  1 20:04Анвар Ғофуров: "Чемпионликни муносиб ҳимоя қилиш учун барча куч ва маҳоратимизни ишга солишга тайёрмиз"  1 19:40Слот: "Янги футболчиларга қилинган барча харажатлар ҳам самарали бўлмади"  3 19:14Артета "Астон Вилла" билан ўйин олдидан: "Бизни ҳақиқатан жуда қийин ўйин кутмоқда"  12 18:51Эрон чемпионати. "Трактор" ўз уйида "Малаван" билан муроса кўчасини танлади, Ҳамробеков 71 дақиқа ўйнади  1 18:20Мундиал тарихи. Қуръа ташлаган 5 ёшли болакай, иримчи дарвозабон ва ялангоёқ тўпурар, шортиги тушиб кетган Меацца ҳамда пойабзал қутисида сақланган кубок ҳақида ҳикоя қиламиз  0 17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  4 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  13 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  1 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  22 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  3 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  5

Livan termasi ustozi Miodrag Radulovich: "Qatar musobaqa favoriti, ammo biz g'alaba uchun maydonga tushamiz" Yangiliklar

Livan termasi ustozi Miodrag Radulovich: "Qatar musobaqa favoriti, ammo biz g'alaba uchun maydonga tushamiz"

Ertaga Qatarda Osiyo kubogi start oladi.

Musobaqaning ochilish o'yinida Qatar va Livan terma jamoalari maydonga tushishadi. Ushbu uchrashuvdan oldin o'tkazilgan matbuot anjumanida Liven terma jamoasi bosh murabbiyi Miodrag Radulovich jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.



- Ertangi o'yindan qanday natija kutmoqdasiz? Umuman tayorgarlik bosqichi qanday o'tdi?

- Musobaqaga etib keldik. Ha, tayyorgarlik uchun qisqa vaqt bo'ldi, ammo biz tayyormiz. Juda yaxshi formadamiz va bor kuchimizni ishga solamiz. Bu terma jamoada avval ham faoliyat olib borganman. Tajribali futbolchilarimizning imkoniyatlarini juda yaxshi bilamiz. Bizda juda kuchli yosh avlod shakllangan. Men terma jamoamdan ko'p narsa kutyapman. Men biroz tashvishga solgan narsa bu jarohatlar. Ertaga yaxshi natija qayd etishimizga ishonyapman. Qatar musobaqa favoriti, ammo biz ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz.

- Ushbu musobaqa siz va jamoangiz uchun nimani anglatadi. Musobaqadan oldingi ishtiyoq qanday?

- Hammada motivaciya katta. Barcha futbolchilarimiz bu kabi katta musobaqada ishtirok etishni orzu qilishgan. Men ularga bor kuchlarini berishlarini aytmoqdaman. Ertaga birinchi o'yin. Juda ko'p muxlislar bo'ladi. Uch ochko uchun o'ynaymiz, durang yoki boshqa natija uchun emas. Biz bu erda yaxshi natija ko'rsatmoqchimiz.

- Qatar guruhning favoriti. Bu guruhda o'z imkoniyatingizni qanday baholaysiz?

- To'g'ri, Qatar kuchli jamoa. Boshqa termalar ham kuchli. Xitoy va Tojikiston termalarining natijalari ham ular hozir qay darajada ekanliklarini ko'rsatmoqda. Hamma o'yinlar qiyin bo'lishini taxmin qilyapman. Ammo men optimistman va bu o'yinlarda yaxshi natija ko'rsatishimizga ishonaman.

Livan terma jamoasi futbolchisi Hasan Matuk:

- Biz juda qiyin paytlarni boshdan o'tkazdik. Ortga tashlangan qadamlar bo'ldi. Biz eng kamida insonlarni baxtli qilmoqdaman. Keyingi bosqichga chiqishimizga ishonmoqdamiz. Bilamiz, bu qiyin bo'ladi, ammo jamoadagi barcha bu narsaga ishonmoqda.

- Livan va uning atrofidagi holatlar sizga qanday tasir o'tkazadi?

- Bu savol siyosiy. Biz bor etiborimizni futbolga qaratganmiz.



Miodrag Radulovich OAVga intervyu beryapti


- Qatar terma jamoasi favorit. Ularga qanday noqulaylik tug'dirmoqchisizlar?

- Qatarni hurmat qilaman. Ular musobaqaning favoritlaridan biri. SHu bilan birga, biz uchun ham bu musobaqa haqiqiy sinov. Bundan tashqari, ushbu Osiyo kubogi orqali Jahon chempionati saralashi va keyingi Osiyo kubogida ishtirok etadigan yosh o'yinchilarimiz tajriba to'plashadi.

- Siz avval ham Livan termasini boshqargansiz. Oldingi va hozirgi terma jamoa o'rtasida qanday farq bor?

- Besh yildan keyin qaytdim. Menda yaxshi xotiralar bor. Oldingi safar tarixiy natija qayd etgandik. Bu safar ham shu narsani takrorlashimiz kerak. Bizda tajribali o'yinchilar bor, shu bilan birga, bizda yangi avlod ham etishib chiqdi. Farqqa kelsak, bizda hozir pozitiv energiya bor. Etakchilarimiz yaxshi ichki muhitni taminlab berishgan.

- Qatardagi Osiyo kubogi tashkilotchiligi haqida fikringiz qanday?

- Albatta, men Olimpiya o'yinlarida, o'tgan Osiyo kubogida va yana juda katta musobaqalarda bo'lganman. Tashkilotchilikdagi farqni ko'rib turibmiz. Hammasi alo darajada. Men Qatar hukumatiga bu ishlar uchun rahmat aytib qolaman.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика