So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  2 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

Minbarda "Andijon" klubi matbuot kotibi: Boburbek Tursunov Yangiliklar

Minbarda "Andijon" klubi matbuot kotibi: Boburbek Tursunov

Saytimizda klub matbuot xizmati vakillari bilan suhbat uyushtiramiz va ularning ish faoliyatlari bilan tanishamiz.

Boburbek Tursunov, “Andijon”  matbuot  xizmati  xodimi:


1. Bu klubga kelishingiz qanday yuz bergan va qachondan beri ishlayapsiz?
2013 yilgi mavsumda “Andijon” jamoasi birinchi ligaga tushib ketgandi. O'sha paytda bosh murabbiy Azamat Abduraimov meni matbuot kotibi vazifasiga ishga taklif qildi. SHundan buyon “Andijon” klubida faoliyat yuritib kelyapman.

2. Matbuot xizmati bo'limida necha kishi faoliyat yuritadi?

“Andijon” klubi matbuot xizmatida faqat bir o'zim faoliyat olib boraman.

3. Klub tomonidan qancha maosh to'lanadi? Yaratilgan sharoit sizni qoniqtiradimi?

SHartnomada moash borasida oshkor etmaslik so'ralgan. SHuning uchun bu savolni ochiq qoldiraman.

4. Klub faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Twitter) qay darajada yoritib boriladi?

Albatta, “Andijon” jamoasi ham Twitter da o'z sahifasiga ega.

5. Safar o'yinlariga borish siz uchun muammo tug'dirmaydimi?

Bu yildan safardagi barcha uchrashuvlarga jamoa bilan birga boryapman. Avvalgi mavsumlarda safrdagi o'yinlarga olib ketishmasdi.

6. Klub ekipirovkasini olasizmi?

To'liq emas, malum bir qismini berishgan.

7. Mukofot puli olasizmi?
Ha, mehnatga yarasha berib turishadi.

8. Jamoa bilan horij yig'inida ishtirok etasizmi?
Klubda ish boshlaganimdan beri “Andijon” jamoasi xorijda yig'in o'tkazgani yo'q. SHu bois bu savol bir nima deyishim qiyin.

9. Jamoa avtobusida massajchi, mamur va klub shifokorlari kabi o'z o'rningiz bormi yoki qaysi o'rindiq bo'sh bo'lsa o'sha erga o'tirasizmi?

Ha.

10. Stadionda OAV vakillari uchun yaxshi servis yo'lga qo'yilganmi? Simsiz internet, yani wi-fi, media-tribuna va boshqa sharoitlar?

“Andijon” jamoasi uy uchrashuvlarini utkazadagin “Sog'lom avlod” stadioni klubga karashli emas. SHu bois stadionda bunday sharoitlar yuk.


11. Qaysi klub matbuot xizmatiga havas bilan qaraysiz va nega?

Albatta, “Bunyodkor klubi matbuot xizmatiga. U jamoada ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.


P.S. Ushbu loyiha matbuot kotiblarini klub rahbariyati oldidagi mavqeini oshirish maqsadida qilindi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика