"Milan" yozda Zanoloni xarid qilishi mumkin
23 jan 2023 16:54
Yangiliklar
"Milan" yozda Zanoloni xarid qilishi mumkin
"Roma" futbolchisi Nikolo Zanolo yangi klubga o'tish istagini bildirgan edi.
Italiyalik futbolchi so'nggi paytlarda transfer mish‑mishlarining asosiy mavzularidan biriga aylanib qoldi. 23 yoshli o'yinchi kelasi haftagacha poytaxt klubini tark etishga qaror qildi. Biroq Joze Mourinyuning kechagi matbuotdagi chiqishida takidlaganidek, "Roma" hali Zanolo bo'yicha aniq taklif olgani yo'q.
Futbolchining o'zi "Tottenxem"ga o'tishga intilmoqda. SHu bilan birga, "Milan" unga og'iz solgan eng so'nggi jamoa bo'ldi. Milanliklar direktori Paolo Maldini yaqinda Zanoloning agentiga murojaat qilib, "rossoneri" uni yozda chegirma asosidagi narxda sotib olishga tayyor ekanini bildirdi.
Nikolo Zanolo ushbu mavsum Rim klubi safida jami 17 ta o'yinda maydonga tushirildi va 2 ta gol urib, 3 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar