"Milan" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
08 jan 2019 12:28
Yangiliklar


"Milan" sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi
"Milan" braziliyalik hujumchi Aleshandre Patoni ortga qaytarmoqchi.
"Football Italia" xabariga ko'ra, "rossoneri"lar braziliyalikning jamoasi "Tyanczin Cyuanczyan"ning hozirgi holatidan foydalanib qolmoqchi. Jamoa prezidenti hozirda qalbaki dorilar savdosi bo'yicha ushlanib, qamoqqa olingan.
Agarda biznesmen qamaladigan bo'lsa, jamoa moliyalashtirilmaydi va yulduzlar "Tyanczin Cyuanczyan"ni tark etadi.
Pato 2007-2013 yillar davomida "Milan" tarkibida 150 o'yinda qatnashib, 63 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar