"Milan" sobiq futbolchisi jamoaning mavsumdagi dastlabki o'yinlari haqida to'xtaldi
13 sen 2024 16:20
Yangiliklar
"Milan" sobiq futbolchisi jamoaning mavsumdagi dastlabki o'yinlari haqida to'xtaldi
"Men Fonsekaning "SHaxtyor", "Lill"dagi ishi va "Roma"dagi dastlabki kunlaridagi faoliyatini hurmat qilaman. U Milanga endigina etib keldi va biz unga vaqt berishimiz kerak, biroq meni xavotirga solayotgan narsa shundaki, u haligacha bu jamoa 4-3-3 sxemasida o'ynashini inobatga olmayapti. SHu orqali yarim himoyachilar muvozanatni saqlashi va vingerlar Leau va Pulishichni qo'llab-quvvatlashlari mumkin.
Reynders yarim himoyada ikki markaziy yarim himoyachi bilan o'ynay olmaydi va Loftus-CHik 10-raqam sifatida o'ynash uchun etarlicha kreativ emas. Ular haqiqiy pleymeykerlar emas, to'p bilan yaxshi muomala qiladigan yarim himoyachilardir.
Fonseka endi boshlamoqda, u aqlli va umid qilamanki, u vaziyatni o'zgartira oladi, chunki natijalardan tashqari, asl muammo hali mavjud bo'lmagan o'yinda", – dedi Boban.
Xorvatiyalik futbolchi 1991 yildan 2001 yilgacha "rossoneri" safida to'p tepgan. SHu bilan birga, Zvonimir jamoa safida 178 ta o'yin o'tkazgan.
"Milan" A Seriyaning yangi mavsumini yomon boshladi. Klub ikkita durang va bitta mag'lubiyat qayd etib turibdi. Keyingi raqib "Veneciya" klubi bo'ladi. O'yin 14 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar