Mikola Mikityuk: "G'alaba bizniki emas, yurtimiz uchun jon fido qilayotgan barcha vatan himoyachilariniki"
25 sen 2024 00:44
Yangiliklar
Mikola Mikityuk: "G'alaba bizniki emas, yurtimiz uchun jon fido qilayotgan barcha vatan himoyachilariniki"
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finalida Niderlandiyaga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Ukraina azosi Mikola Mikityuk saytimizga intervyu berdi.
"Biz o'z vazifamizni bajarib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdik. O'zbekistonga tashrif buyurib, bizni qo'llab-quvvatlayotgan muxlislarimizdan juda minnatdorman. Mazkur g'alaba bizning emas, yurtimiz uchun jon fido qilayotgan barcha vatan himoyachilarining g'alabasi hisoblanadi.
Biz shunchaki o'z o'yinimizni namoyish etishga harakat qildik va rejalarimiz ish berdi. Endi keyingi o'yinga qadar tiklanishga harakat qilamiz", dedi Mikityuk.

Eslatib o'tamiz, Ukraina chorak finalda Ispaniya — Venesuela juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar