So’nggi yangiliklar

22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  48 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  0 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  6 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  20 20:57Суперлига. Очиқ ва ёрқин футбол намойиш этилган ўйинда "Насаф" "Бунёдкор" билан муроса кўчасини танлади  43 20:26А Серия. "Лацио" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 20:03Суперлига. ОКМК навбатдаги камбекни Қўқонда амалга оширди  49 19:42"Барселона" Япония ва Кореяда мавсумолди турне ўтказади  2 19:20"Манчестер Юнайтед" ЕЧЛнинг энг яхши дарвозабонларидан бирини нишонга олди  2 18:56Осиё Кубоги. Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Хитойга имкониятни бой берди  3 18:45"Эл Класико" трансляцияси устида 500 дан ортиқ мутахассис ишлайди  8 18:30"Нефтчи" "Андижон"ни ишончли ҳисобда ютган дербидан ГАЛЕРЕЯ  3 18:20АПЛ. "Саутгемптон" – "Манчестер Сити" ва бошқа учрашувлар таркиби маълум  34 17:45ОКМК 6 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти  1 17:21Абрамов "Динамо"ни тарихий рекорд сари етакламоқда  7

"Metallurg"ning taqdiri 24 dekabrga qadar malum bo'ladi. Aks holda "Olimpik", "Xorazm" yoki "Lokomotiv"dan biri Superligada qatnashadi Yangiliklar

"Metallurg"ning taqdiri 24 dekabrga qadar malum bo'ladi. Aks holda "Olimpik", "Xorazm" yoki "Lokomotiv"dan biri Superligada qatnashadi

"Metallurg" futbol klubining Superligada ishtirok etishi yoki etmasligi masalasi OAV kun tartibida turibdi.

SHuningdek, klub bu huquqdan voz kechsa, uning o'rnini kim egallashi mumkinligi ham muhokama mavzusiga aylangan.

Aytish lozimki, jamoaning Superligada ishtirok etishi yoki etmasligi masalasida klub yoki uning tasischisi Ligaga xabar bermagan. Liga "Metallurg" 7 nafar asosiy futbolchi bilan mavjud mehnat shartnomasini bekor qilgani, bir necha futbolchi klub bilan shartnomasi yakuniga etgani uchun erkin agentga aylangani, shuningdek, 10 dekabr kuni "Metallurg" MCHJ PFK yagona ishtirokchisining 1-sonli navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi o'tkazilib, klub direktori SHavkat Saidov lavozimidan ozod etilgani haqida biladi.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida Liga O'zmetkombinat AJga rasmiy murojaat bilan chiqib, "Metallurg" futbol klubining Superligadagi ishtiroki masalasiga joriy yilning 24 dekabr sanasiga qadar oydinlik kiritishni so'radi. Kelgusi qarorlar shu asosida qabul qilinadi.

"Metallurg" musobaqada ishtirok etmasa, uning o'rni qanday to'ldirilishi yuzasidan OAV qator savollar bilan murojaat qilayotganidan kelib chiqib, Liga mazkur masalaga tushuntirish berib o'tadi. Bunda "Superliga va Proliga reglamenti"ning 10.2 hamda 10.3-bandlariga etibor qaratish so'raladi.

10.2-bandida klub licenziyalash talablarini bajara olmasa, O'FA tegishli qo'mitasi uni musobaqadan chetlashtirishi mumkinligi va shunday bo'lsa, uning o'rni quyi liganing tartib bo'yicha licenziyalash talabini bajara olgan keyingi klub bilan to'ldirilishi ko'rsatilgan. Superligada to'p tepishi lozim bo'lgan 16 ta klubning barchasi licenziyalash talabini bajargan. Xususan, "Metallurg" futbol klubi ham OFK licenziyasini qo'lga kiritgan. SHundan kelib chiqilsa, uning musobaqadan chiqib ketishi mazkur band bilan tartibga solinmaydi.

10.3-bandda esa yuqori toifadagi ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan klubning shu huquqdan voz kechishi masalasida so'z boradi. Huquq Proliga musobaqasi va o'tish o'yinlari orqali qo'lga kiritiladi. "Metallurg" ikkinchi holat bilan Superligaga qayta qo'shilgani sizga malum. Demak, agar "Metallurg" klubi Superligada ishtirok etish huquqidan voz kechsa, reglament bo'yicha uning o'rni mavsum yakuniga ko'ra keyingi o'rinni egallagan va licenziyalash talabiga javob beradigan boshqa futbol klubi bilan to'ldirilishi lozim. Mana shu nuqtada Liga Superliga uchun o'tish o'yiniga etibor qaratadi. Sir emaski, Superligaga yo'llanma beruvchi so'nggi o'yinda "Metallurg" va "Olimpik" jamoalari o'zaro kurash olib bordi. SHundan kelib chiqilsa, "Metallurg"ning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan keyingi klub "Olimpik" hisoblanadi.

Agar "Olimpik" futbol klubida moliyalashtirish va boshqa masalada muammo o'rtaga chiqsa, Liga u holda reglamentning 10.2-bandiga murojaat qiladi. Proliga mavsumi yakuniga ko'ra dastlabki to'rt o'rinni qo'lga kiritgan klublar Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi. 5-o'rindan joy olgan "Aral" esa OFK licenziyasini qo'lga kirita olmagan. Biroq 6-o'rinni band qilgan "Xorazm" futbol klubida licenziya mavjud. Yani, Superliga uchun "Olimpik" futbol klubidan keyingi nomzod "Xorazm" hisoblanadi.

SHu nuqtada OAV tomonidan tilga olinayotgan "Lokomotiv" futbol klubi masalasiga ham to'xtalish mumkin. "Temiryo'lchilar" Superligada so'nggi o'rinni egallab, Proligaga yo'l olgan. "Lokomotiv" 2025-yilgi mavsumni Superligada o'tkazishi uchun yuqoridagi ketma-ketlik amalga oshishi lozim. Yani, birinchi galda "Metallurg" Superligada o'ynash huquqidan voz kechishi, keyinchalik "Olimpik" va undan keyin "Xorazm" klubi bunday imkoniyatga ega bo'lmasligigina "Lokomotiv" uchun yo'l ochadi. CHunki "Xorazm" licenziyaga ega chiqqan Proliganing so'nggi jamoasi hisoblanadi. "Aral", "Olimpik Mobiuz", "Do'stlik" klublari OFK licenziyasiga ega emas. SHundan kelib chiqilsa, eng so'nggi o'rinda "Lokomotiv" variantiga murojaat qilinishi mumkin. Bu masala Liga Ijroiya qo'mitasining yig'ilishida ko'rib chiqilishi kerak bo'ladi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика