"Metallurg" shu haftadan yig'inni boshlaydi
20 dek 2022 10:27
Yangiliklar
"Metallurg" shu haftadan yig'inni boshlaydi
Dekabr oyining so'nggi haftasida Bekobodning "Metallurg" jamoasi keyingi mavsum uchun ilk tayyorgarlik yig'iniga kirishadi.
O'tgan yilgi tarkib o'zagini saqlab qolgan jamoa mashg'ulotlarini mahalliy murabbiylar olib borishadi. Jamoa bosh murabbiyi ispaniyalik Luisma Ernandes esa Yangi yil bayramidan so'ng Bekobodga etib kelishi va yig'inga boshchilik qilishi kutilmoqda.
Ayni paytga kelib klubni tark etgan futbolchilar ham bor. Jumladan, "Metallurg" himoyachi Abbos Otaxonov, hujumchilar Jasur Xolto'raev hamda Boburbek Farhodov bilan xayrlashdi.
Yangi mavsum arafasida jamoa tarkibida bir qator yangi futbolchilar paydo bo'lishi kutilmoqda. Hozircha muzokaralar davom etmoqda. “Metallurg” safiga kelib qo'shiladigan o'yinchilar haqida yig'in boshlangandan keyin qo'shimcha malumot beramiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar