So’nggi yangiliklar

08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  0 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  0 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  2 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  1 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  1 02:15ПСЖ ўйинда ва пенальтилар сериясида камбэк амалга ошириб, УЕФА Суперкубогини қўлга киритди!  31 00:55Рэшфорд "Барса" ҳақида: "Англиядан фарқли ўлароқ, бу ерда ҳамма нарса шиддатли"  11 00:36Февзи Давлетов: "Гол ўтказиб юборганимизда жаҳлим чиқди"  3 00:20Иньиго "Ал Насср"га ўтиши ҳақида: "Бундай таклифни кўрганда ишона олмадим"  4 00:02Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятдан тўғри хулоса чиқаришимиз керак"  2 23:39Ҳаким Фузайлов: "Баҳс давомида яққол устунлик қила олмадик"  0 23:35Виктор Карпенко: "Руҳан тикланиб олсак, юқорига кўтариламиз"  5 23:01ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Викинг"дан икки ўйин натижасига кўра устун келди ва кейинги босқичга йўл олди. Шомуродовдан ассист!  23 22:46"Қайрат"га бир қадам қолди. ЕЧЛ саралашининг сўнгги босқичи қандай кўриниш олди?  16 22:38Артём Петросян: "Олимпик"да салоҳият юқори. Ўйинлар қанча кўп бўлса, шунча яхши"  1

"Metallurg": Birinchi ko'rik uchrashuvida imkoniyat boy berildi Yangiliklar

"Metallurg": Birinchi ko'rik uchrashuvida imkoniyat boy berildi

Ilgari xabar berganimizdek, yangi mavsumga hozirlik ko'rayotgan Bekobodning “Metallurg” jamoasi birinchi ko'rik-nazorat uchrashuvini Toshkentning “Paxtakor” jamoasiga qarshi o'tkazdi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'yin paxtakorchilarning Qibraydagi o'quv-mashg'ulot maskanida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning birinchi taymi amaldagi chempionning ustunligi ostida o'tdi. Dastavval qanot yarim himoyachisi Alibobo Rahmatullaevning pasidan keyin Masharipov hisobni ochishga muvaffaq bo'lgandi. Ikkinchi golni esa bekobodliklar o'zlari “tashkil etib” berishdi. Himoyachi to'pni boshi bilan darvozabonga qaytargandi. Suhrob Sultonov to'pga chiqishda kechikdi va bundan unumli foydalangan Bahodir Pardaev farqni oshirdi.

Bekobodliklar ikkinchi taymga kelgandagini o'z o'yinlarini topib olishdi va javob to'pini kiritish uchun vaziyatlar sodir eta boshlashdi. Avvaliga Alisher Ziyovuddinovda yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Ammo “Metallurg” yarim himoyachisi undan foydalana olmadi. Biroz o'tgach Alisher jamoasining yana bir hujumini boshlab berdi. Yosh hujumchilardan Sunnat Ermatov jarima maydoniga yorib kirayotgan Mirto'ra Akbarovga uzatdi. Paxtakorchilar posboni Akbarovni qo'pollik bilan to'xtatib qolganligi uchun penalti belgilandi va penaltini Alisher Ziyovuddinov bexato amalga oshirib, hisobdagi farqni qisqartirishdi.

“Metallurg” bu uchrashuvni quyidagi tarkibda o'tkazdi:

1-taym: Suhrobjon Sultonov, Hikmat Hoshimov, Jasur Ahmedov, Doniyor Odilov,Davron Karimqulov, Dilmurod Karimov, Ayubxon No'monov, SHohnazar Norbekov, Ruslan Vagapov, Said Abdujabborov, Zohid Abdullaev.

2-taym: Suhrob Sultonov, Saidkomil Akbarov, Javlon Mirabdullaev, Nozim Esonov, Aleksandr Kovalev, Mirg'iyos Sulaymonov, Alisher Ziyovuddinov, Sardor Rasulov, Arslon Sultonov, Sunnat Ermatov, Mirto'ra Akbarov. 

“Metallurg” keyingi nazorat uchrashuvlarini “Bunyodkor” va “Olmaliq” jamoalariga qarshi o'tkazadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика